AQSH harbiylari Yamanga yangi hujum uyushtirdi va husiy isyonchilarining to‘rtta dronini nishonga oldi.
Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qildi.
“Bugun AQSH kuchlari uchirishga tayyor bo‘lgan to‘rtta dronga zarba berdi. AQSH kuchlari husiylar nazorati ostidagi hududlarda dronlarni aniqladi. Ular savdo va AQSH harbiy-dengiz kuchlariga bevosita tahdid solayotgandi. AQSH qurolli kuchlari o‘zini himoya qilish maqsadida zarba berib, dronlarni yo‘q qildi”, — deyiladi AQSH Markaziy qo‘mondonligi bayonotida.
Bundan tashqari, qo‘mondonlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2-fevral kuni Amerika qo‘shinlari Aden ko‘rfazi va Qizil dengizda sakkizta dronni urib tushirgan.
G‘azo sektoridagi mojaro avj olganidan so‘ng, “Ansor Alloh” harakati Isroil hududiga hujumlar uyushtirishini va unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga ruxsat bermasligini bildirgandi.
Izoh (0)