• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yagona vegetarian ayiq — pandalar qanday hayot kechiradi?

    Dunyoning eng qadimiy davlatlaridan biri – bu Xitoy. Chin mamlakati o‘zining takrorlanmas tabiati va hayvonot dunyosi bilan boshqa mintaqa mamlakatlaridan keskin farq qiladi. Afrika savannasining qiroli – sher bo‘lsa, Xitoy o‘rmonlarining qiroli – bu panda. Biroq sherdan farqli o‘laroq panda, dunyodagi yagona vegetarian ayiq hisoblanadi. Pandalar o‘zining tashqi ko‘rinishi, xotirjam tabiati va ajoyib qiliqlari bilan boshqa turdagi ayiqlardan ajralib turadi.

    XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, pandalar Xitoyning milliy ramziga aylantirildi. Boisi bu vaqtga kelib pandalarning Xitoyda qirilib ketish xavfi yuzaga kelgan. Pandalar markaziy Xitoyning tog‘li hududlari Sichuan, Gansu va Shensi provinsiyalarining janubida hayot kechiradi. “Daryo” jurnalisti Chendu shahridagi pandalar bog‘idan noyob hayvonlar haqida videolavha tayyorladi.

    Chendu shahridagi pandalar bog‘i

    Pandalar bog‘i kirish qismidan meni hayratga sola boshladi. Tog‘ etagida joylashgan bog‘ – bambuk daraxtlari bilan qoplagan bo‘lib, haqiqiy o‘rmon ko‘rinishida edi. Ushbu panda bog‘i 1987-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab unda yovvoyi tabiatdan qutqarilgan 6 ta ulkan panda saqlangan. Vaqt o‘tishi bilan 2008-yilga kelib bu yerdagi pandalar soni 124 taga yetgan. Bugungi kunda esa bu raqam 200 tani tashkil qiladi.

    Chendu shahridagi pandalar bog‘i
    Foto: “Daryo”

    Qadimgi Xitoy solnomalarida pandalar haqida

    Qadimgi Xitoyda pandalar uzoq vaqt davomida ajdaho bilan birga yarim afsonaviy hayvonga tenglashtirilgan. Misol uchun, miloddan avvalgi 206–220-yillarda Xitoyda hukmronlik qilgan Xan sulolasining vakilasi, qirolicha Bo panda bosh suyagi bilan birga dafn etilgani tarixiy hujjatlarda qayd etilgan. Eng qadimgi Xitoy ensiklopediyasi (miloddan avvalgi III-II asrlar)da panda terisining shifobaxsh xususiyatlari haqida maʼlumotlar berilgan.

    2007-yilda Xitoy janubidagi g‘orlarning birida olimlar ikki million yil oldin yashagan panda ajdodining skeletini topgan. Pandalarning suyaklari boshqa hech bir joyda uchramaydi. Yaʼni, bu noyob hayvon faqat xitoylik hisoblanadi.

    Yagona vegetarian ayiq

    Pandalar yirtqich hayvon bo‘lishiga qaramay, ularning deyarli 99 foizi faqat va faqat bambuk daraxti bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan panda kuniga 30 kilogrammgacha bambuk isteʼmol qilishi mumkin. Pandalar bambukdan boshqa ozuqani xushlamaydi. Bambuk daraxti juda pishiq va qattiq hisoblanadi. Biroq pandalarning oshqozoni qattiq bambukka qarshi elastik shilliq qavat bilan qoplangan. Bundan tashqari, mustahkam jag‘ va tishlar qattiq bambuk poyasini maydalashga yordam beradi.

    1975—1983-yillarda Xitoyda bambuk daraxtlari gullab, quriy boshlaydi, oqibatda esa bu hududda istiqomat qiluvchi yuzlab pandalar ochlikdan nobud bo‘ladi.

    “Panda diplomatiyasi”

    1950-yildan to 1980-yilga qadar Xitoy diplomatik maqsadlarda o‘zi do‘st deb hisoblagan mamlakatlarga pandalarni bir necha bor sovg‘a qilgan. Xususan, SSSR, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Shimoliy Koreya, Meksika, AQSH, Fransiya va Yaponiyaga 23 ta ayiq sovg‘a sifatida taqdim etilgan. Shundan so‘ng siyosat olamida “Panda diplomatiyasi” atamasi paydo bo‘ldi. Do‘stona munosabatlar o‘rnatish uchun noyob hayvondan foydalanish — ajoyib g‘oya.

    Germaniya kansleri Angela Merkel va Xitoy rahbari Si Szinpin 
    Foto: news.myseldon.com

    Vaqt o‘tishi bilan Xitoy hukumati pandalardan diplomatik vosita sifatida foydalanishni to‘xtatdi. Hozirgi kunda pandalarni xorijdagi hayvonot bog‘lariga million dollar evaziga ijaraga berish yo‘lga qo‘yilgan.

    Yolg‘izlikda hayot kechiruvchi panda

    Gigant pandalar 4 yoshdan 9 yoshgacha jinsiy yetuklikka erishadi. Erkak panda mart oyining o‘rtalaridan maygacha o‘ziga juft izlaydi. Pandalar qolgan vaqtda yolg‘iz hayot tarzini olib boradi. Pandalarning tutqunlikda ko‘payishi juda kam uchraydigan holatdir. Maʼlumotlarga ko‘ra, 2000-yilgacha pandalar hayvonot bog‘larida ko‘paymagan. Pandalarning homiladorlik davri 95 kundan 160 kungacha davom etadi. Ona panda 1 yoki 2 ta bola dunyoga keltiradi.

    Panda
    Foto: “Daryo”

    Pandalar boshqa ayiqlardan farqli o‘laroq, qishda uyquga ketmaydi. Ular yolg‘iz hayot kechiradi va har kuni tushgacha ovqatlanib, tushdan keyin uxlaydi.

    Bugungi kunda Xitoyda 67 ta panda qo‘riqxonasi mavjud bo‘lib, pandani o‘ldirgan insonga o‘lim jazosi beriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qonun hozirgacha hech qachon qo‘llanilmagan.

    Sardor Ali

    16.02.2024, 11:25   Izoh (0)   8168
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Panda diplomatiyasi tugaydimi? AQSH jonivorlarni Xitoyga qaytarib berishi mumkin

    29.08.2023, 20:00

    Buyuk Britaniya mamlakatdagi oxirgi pandalarni Xitoyga qaytarib yubordi

    02.12.2023, 20:20

    “Kung Fu panda-4” multfilmining treyleri e’lon qilindi (video)

    14.12.2023, 18:59

    Matn asosida video yaratadigan Sora sun’iy intellekti ishlab chiqildi (video)

    16.02.2024, 10:35

    Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyalar buzilishi yuzasidan tergov boshladi

    16.02.2024, 10:23

    Rossiya koinotda yadro quroli joylashtirmoqchi — OAV

    16.02.2024, 09:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24

    Isroil urushni tugatish uchun 5 ta shart belgiladi

    Dunyo | 8 avgust, 10:09

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:50

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.