14-fevral kuni Isroil shimolidagi Safed shahriga raketa hujumi uyushtirilishi oqibatida kamida sakkiz kishi jarohat oldi. Bu haqda Ziv tibbiyot markazi tarqatgan ma’lumotga asoslanib, CNN xabar bermoqda.
Isroil Mudofaa kuchlari asosiy nishon mamlakat shimolidagi harbiy baza bo‘lganini aytgan. Ammo bu baza qayerda joylashgani va talafot ko‘lami qay darajada ekanligi ochiqlanmagan. Hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Isroil ommaviy axborot vositalari bu hujumlar to‘g‘ridan to‘g‘ri “Hizbulloh” tomonidan uyushtirilgani haqida xabar tarqatmoqda. Livandagi bu qurolli guruh esa hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
7-oktyabrda HAMASning Isroilga hujumi va keyinroq Isroil G‘azoda tashkil etgan keng ko‘lamli harbiy amaliyotlar ortidan Livanning Isroil bilan chegarasida bir necha bor o‘zaro otishmalar sodir bo‘ldi.
Izoh (0)