O‘zbekistondagi veb-resurslarga 2023-yilda 11 mlndan ortiq kiberhujumlar uyushtirilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi hisobotida maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, markazning avtomatlashtirilgan tizimlari yordamida 2023-yilda qayd etilgan tarmoq hujumlarining intensivligida sezilarli o‘sish kuzatilgan. Jumladan, 2022-yilga nisbatan ko‘rsatkich 148 foizga ortgan. Xususan, 4 mln 433,8 mingdan 11 mln 20,2 mingtaga ko‘paygan.
2023-yilda amalga oshirilgan kiberhujumlarning geografik jihatdan taalluqliligi tahliliga ko‘ra, Niderlandiya (759,5 mingta), AQSH (696,6 mingta), Rossiya (100 mingta), Germaniya (58 mingta), Hindiston (53 mingta) va Xitoy (51 mingta) hududidagi IP-manzillardan eng ko‘p kiberhujumlar uyushtirilganligi kuzatilgan.
Hisobotda monitoring tizimiga ulangan veb-resurslarga uyushtirilgan kiberhujumlarning turlari orasida eng ko‘p qo‘llanilganlari bo‘yicha ham maʼlumot berilgan. Unga ko‘ra:
- SQL-inyeksiya – 18,55 foiz;
- Protokollarni majburiy qo‘llash – 18,17 foiz;
- Cheklangan faylga ruxsatsiz kirish – 17,13 foiz;
- Kodni masofadan tarib bajarish – 15,70 foiz;
- Zararli kodlarni yuborish – 14,76 foiz;
- Shubhali so‘rovlar – 6,33 foiz;
- PHP maʼlumotlari tarqalishi – 6,06 foiz;
- PHP inyeksiya hujumi – 2,36 foiz;
- Java maʼlumotlari tarqalishi – 0,35 foiz;
- Protokol bo‘yicha hujum uyushtirish – 0,32 foiz.
Izoh (0)