Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi maktabda o‘quvchilar hijobini yechtirish topshirig‘i berilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bu bo‘yicha maʼlumot berdi. Unga ko‘ra, holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi va soha masʼullari nazoratiga olingan. O‘rganishlar yakuni yuzasidan batafsil axborot beriladi.
“Umumiy o‘rta taʼlim maktab (DMTT)lari o‘quvchi (tarbiyalanuvchi)laridan majburiy tartibda hijobni yechishi, sug‘urta to‘lovlariga jalb etilishi (pedagog o‘qituvchilarga ham tegishli) haqida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan biror-bir topshiriq berilmaganini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)