Toshkent shahar Yunusobod tumanida Mercedes-Benz avtomashinasi qarzdorlik sabab 1 milliard so‘mga baholanib, auksionga chiqariladi, deb xabar bermoqda MIB axborot xizmati.

Keltirilishicha, Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudning ijro varaqasiga asosan, qarzdor “V.M.” korxonasidan undiruvchi “Agrobank” ATB Toshkent shahar filiali foydasiga 4 milliard 54 million 605 ming so‘m miqdorida kredit qarzdorligini undirish va undiruvni qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz GLE450 rusumli avtotrasnport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Mazkur ijro hujjati davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida garovdagi mashina xatlanib, 1 milliard 24 million so‘mga baholangan va onlayn-auksionga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)