Navoiy viloyati, Karmana tumanida jinoyat sodir etgan shaxslarning suratlari ilinishi uchun “Sharmanda doskasi” paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Taʼkidlanishicha, Ombudsman mahallalardagi eʼlon taxtalariga aybdor deb topilgan shaxsning fotosurati va u haqidagi maʼlumotlar joylashtirish amaliyotini inson huquqlariga zid deb hisoblaydi.
Maʼlumot uchun, konstitutsiyaning 26-moddasida insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi qatʼiy belgilangan.
Jinoyat kodeksining 7-moddasiga ko‘ra, jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.
Izoh (0)