Bugun, 6-fevral kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston bosh vaziri Oljas Bektenovni Qozog‘iston bosh vaziri etib tasdiqlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Shuningdek, ikki davlat prezidentlari tomonidan hukumatlar oldiga O‘zbekiston—Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan muhim vazifalarni yaqin hamkorlikda amalga oshirishga umid bildirildi.
Izoh (0)