O‘zbekistonda ona va go‘daklar o‘limi yuqori 20 ta hududdagi tibbiyot xodimlari o‘qitiladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, xorijdan mutaxassislarni olib kelib, eng avvalo, ona va go‘daklar o‘limi yuqori 20 ta tuman va shahardagi tibbiyot xodimlarini o‘qitish topshirildi. “Xavf guruhi”ga kirgan homilador va tug‘uruq yoshidagi ayollar bilan ishlash protokoli yangilanadi.
Tibbiyot brigadalaridagi 8,5 ming doya ilg‘or tajriba asosida reproduktiv salomatlik va homiladorlar parvarishi bo‘yicha o‘qitiladi. Perinatal markazlar boshqaruviga xorijiy mutaxassislarni olib kelish, 229 ta tug‘ruqxonani zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash topshirildi.
“Har bir ona va bola o‘limi “favqulodda holat” deb baholanadi va so‘rov shunga yarasha bo‘ladi” deya ogohlantirdi prezident Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat hokimlari, viloyat va tuman tibbiyot idoralari rahbarlarini.
Izoh (0)