“O‘zgidromet” 4-fevral, yakshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va kunning birinchi yarmida biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Izoh (0)