Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida boychechak gulladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Tumanning “Madaniyat” mahallasida yashovchi Zulfiya Abdurahmonovaning aytishicha, xonadonidagi boychechaklar yanvar oyidayoq gul tukkan. Bugunga kelib esa qiyg‘os ochilgan.

Foto: Rasuljon Madrahimov
—Bu yil qish nisbatan iliq keldi, ortiqcha qor-yog‘in bo‘lmadi. Shu sabab odatda bahor arafasida bo‘y ko‘rsatadigan boychechaklarim barvaqt gulladi, — deydi Zulfiya Abdurahmonova.

Foto: Rasuljon Madrahimov
Qish chillasi chiqmay gullagan boychechaklarni tomosha qilish uchun Uchqo‘rg‘ondagi xonadonga kelayotganlarning qatori uzilmayapti.

Foto: Rasuljon Madrahimov
Izoh (0)