Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida ikki xil ob-havo kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. Qayd etilishicha, viloyatning Kitob tumanidagi qishloqni qalin qor qoplagan bo‘lsa, G‘uzor tumanidagi qishloqda esa bodom qiyg‘os gullagan.
Kitob tumani hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tumanning Aspiduxtar qishlog‘ida Yangi yil kuni — 2021-yilning 31-dekabrida yog‘gan qor haligacha erimagan.
“Tuman markazidan 60 kilometr uzoqlikdagi Aspiduxtar qishlog‘ida qorning qalinligi 80 santimetrga yetgan. Shuningdek, tumanning Denovbola va Shut qishloqlarida ham qor yog‘gan”, — deydi tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Qahramon Oqilov.
“Daryo” muxbirining qo‘shimcha qilishicha, ayni kunda viloyatning G‘uzor tumanidagi Afg‘onbog‘ qishlog‘ida esa bodom qiyg‘os gullagan.
Shahrisabz tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Bahodir Halimovning “Daryo”ga bildirishicha, tumanning Ko‘l, G‘yelon qishloqlarida ham qalin qor yog‘gan.
Izoh (0)