Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bodom gulladi, boychechak ochildi. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan Sariosiyo tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatov bahor nafasi ufurib turgan suratlar bilan bo‘lishdi.
Hokimlik axborot xizmatining ma’lumot berishicha, suratlar tumanning Nilu qishlog‘ida 4-fevral kuni fotokamera obyektiviga muhrlangan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur hududda xorijlik sayyohlarni ham o‘ziga rom etayotgan Sangardak sharsharasi joylashgan bo‘lib, mazkur sharsharani tomosha qilish uchun tumanga Turkiya, Yaponiya, AQSh, Afg‘oniston, Tojikistondan kabi davlatlardan mehmonlar kelib, hordiq chiqarib qaytadi.
Izoh (0)