O‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov “Panserraykos” klubini tark etdi.
Bu haqida Gretsiya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. Jaloliddin Masharipov bilan shartnoma o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilingani ma’lum qilindi.
Shu tariqa Jaloliddin erkin agentga aylandi. Avvalroq, Masharipovning “Navbahor” bilan bitim imzolashi mumkinligi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Masharipov “Panserraykos” jamoasida barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)