Isroil Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish iste’foga chiqishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats ma’lum qildi, deb yozadi Politico.
Nashrning qayd etishicha, Isroil tomonidan bu bayonot BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) xodimlarining 7-oktyabr kungi HAMAS hujumiga aloqadorligi haqidagi ayblovlaridan keyin berilgan.
“Albatta, BMT bosh kotibi sifatida uning zimmasida javobgarlik bor. Guterrish iste’foga chiqishi yoki BMT uni almashtirishi kerak”, — deya ta’kidladi Kats.
Eslatib o‘tamiz, 26-yanvar kuni UNRWA tergov boshlanganini eʼlon qilgandi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish esa HAMASning Isroilga hujumida muayyan xodimlarning ishtiroki haqidagi maʼlumotlarni ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqqan.
Izoh (0)