Respublikachilar partiyasi vakili Klaudiya Tenni AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi.
Palata vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSH sobiq prezidenti “Yaqin Sharqda tinchlik bitimlarini tuzishda muhim rol o‘ynagan”, deb yozadi FoxNews.
O‘nlab yillar davomida byurokratlar, tashqi siyosat “professionallari” va xalqaro tashkilotlar Isroil—Falastin mojarosini hal qilmasdan turib, Yaqin Sharqda qo‘shimcha tinchlik bitimlarini tuzish mumkin emasligini ta’kidlab kelayotgandi. Prezident Tramp buning yolg‘onligini isbotladi, — dedi Klaudiya Tenni.
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti 1978-yilda Isroil va Misr o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi, shuningdek, 1994-yildagi Oslo kelishuvi bilan tan olingan. Ammo Donald Trampning mamlakatlar o‘rtasida diplomatik va iqtisodiy munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan bitim tuzishdagi roli tan olinmagan, deb qo‘shimcha qildi Tenni.
Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi “urushni to‘xtata oladigan yagona yetakchi” ekanini aytgandi.
Izoh (0)