G‘azo sektorining 570 ming aholisi insonparvarlik yordami yetishmasligi sababli ochlikdan aziyat chekmoqda.
Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) ma’lum qildi.
“G‘azoda 570 000 kishi halokatli ochlikni boshdan kechirmoqda. Kuchli janglar, kirish bo‘yicha cheklovlar hamda telekommunikatsiyalarning uzilishi UNRWA’ga yordamni xavfsiz va samarali yetkazib berishga to‘sqinlik qilmoqda.
Aholi orasida ocharchilik xavfi ortib borayotgan bir paytda BMT insonparvarlik yordamidan foydalanish imkoniyatini oshirishga chaqirmoqda”, — deyiladi xabarda.
Isroil HAMASga G‘azo sektorida garovga olingan barcha odamlarni ozod qilish evaziga ikki oylik otashkesim taklif qilgani xabar berilgandi.
Izoh (0)