• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Rol uchun pasport: Filmdagi roli sabab boshqa mamlakat fuqaroligini olgan aktyorlar

    Zamonaviy kinematografiya juda ko‘p aktyorlar faoliyat yuritadi. Ularning aksariyatini tomoshabinlar eslab ham qolmaydi, lekin dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishganlari ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Baʼzida esa mashhurlik ko‘plab noqulay vaziyatlarga olib keladi, lekin mutlaqo kutilmagan sovg‘alarni ham taqdim qilish ehtimoli yo‘q emas.

    Quyida bir paytlar o‘ynagan roli sabab boshqa mamlakat fuqaroligini olgan bir qancha iqtidorli va ​​mashhur aktyorlar haqida hikoya qilamiz.

    Robert De Niro

    Foto: “Dzen.ru”

    Gollivudning mashhur aktyorlaridan biri asli italyan bo‘lsa-da, aktyor faqatgina 57 yoshida Italiya fuqaroligini olgan. De Niro AQShda muhojirlar oilasida tug‘ilgan, shuning uchun u hech qanaqasiga Yevropa mamlakatlarining fuqaroligini olish uchun ariza bera olmagan.

    Lekin De Niroga katta kinoda aynan italyan mafiozlarining rollari katta mashhurlik olib keldi. Buni “Cho‘qintirgan ota” filmidagi Vito Korleone, “Kazino”dagi Sem Eys obrazlari tasdiqlaydi. Shuningdek, u o‘ziga xos italyancha aksent bilan turli multfilmlarga ham ovoz bergan.

    Foto: “Dzen.ru”

    Bir payt De Niro uning aktyorlik taqdirini aynan italiyalik ildizlari belgilab bergani haqida mulohaza qilishni boshlagan. Venetsiyadagi festivallardan birida aktyor hatto intervyu berib, kinodagi xizmatlari uchun tez orada rasman italiyalik bo‘lishini aytgan.

    Darhaqiqat, hukumat va prezident Silvio Berluskoni shaxsan De Niroga fuqarolik berishga ruxsat bergan. De Niro Italiya pasportini xalqaro kinofestivalda Rim meridan qabul qilib olgan.

    Arnold Shvarsenegger

    Foto: “Dzen.ru”

    Fuqarolik berilgan De Nirodan farqli o‘laroq Arnold Shvarsenegger ko‘p yillar davomida bunga intilib yashashga majbur bo‘lgan. 21 yoshida u Avstriyadan AQShga kelgan va u yerda qisqa muddatli viza bilan yashagan. Vizani u og‘ir atletika bo‘yicha erishgan yutuqlari tufayli olgan.

    Shvarsenegger bodibilding bo‘yicha bir qator oliy mukofotlarga erishish uchun yillar davomida sport zalida qattiq mehnat qilgan. Biroz vaqt o‘tgach, u bodibilding haqida mualliflik kitobini ham yozadi, kitob ko‘p yillar davomida dunyo bo‘ylab sportchilar orasida bestsellerga aylandi.

    Taxminan o‘sha paytdan boshlab u filmlarda rol o‘ynay boshlaydi va bir vaqtning o‘zida biznes maktabida ham taʼlim olgan.

    Lekin o‘sha yillar davomida uning fuqaroligi bo‘lmagan. Qariyb o‘n yil muhojir statusi bilan yashagan. Baʼzi hollarda hatto noqonuniy.

    Foto: “Dzen.ru”

    Nihoyat 15 yildan so‘ng aktyorga rasman fuqarolikni olish nasib qildi. Bunda esa Shvarseneggerga aktyorlik bo‘yicha mashhurligi katta yordam bergan. U o‘z biznesini ochish bahonasida fuqarolik olishga ariza topshirgan.

    U avval ham shu yo‘l bilan fuqarolik olishga harakat qilib ko‘rgan, lekin rad javobini olgan. Lekin “Varvar-Konan” filmining muvaffaqiyatidan so‘ng, aktyorga fuqarolik berilgan.

    Tom Xenks

    Foto: Dzen.ru

    Tom Xenksning qanday aktyor ekani haqida bahslashish noo‘rin. Ortda qolgan qirq yil ichida u ko‘plab mashhur filmlarida rol o‘ynadi. Uning butun dunyodan muxlislarga ega ekani ajablanarli emas. Ijodkorning muxlislaridan biri gretsiyalik.

    Henksning rafiqasi onasi tomondan yunon, shuning uchun Henkslar oilasi bu mamlakatga muntazam tashrif buyurib turadi. 2018-yilda Gretsiyada katta o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ladi. Gretsiya esa bunday katta yong‘inga tayyor emas edi.

    Tabiiy ofatga qarshi kurashish uchun qo‘shni mamkalatlar va alohida shaxslar yordamga keladi. Tabiiyki, Ular orasida Tom Xenks ham bor edi. Maʼlum bo‘lishicha, aktyor yong‘inlarni o‘chirish uchun katta mablag‘ ajratgan, shuningdek, amerikalik ko‘plab ziyoli qatlamni ham jalb qilgan.

    Foto: “Dzen.ru”

    Natijada yong‘inlar o‘chirildi va Xenks mahalliy bosh vazir tomonidan taklif qilinib, unga va barcha qarindoshlariga Gretsiya fuqaroligi beriladi. Maʼlum bo‘lishicha, bosh vazir Xenksning muxlisi va “Forrest Gamp” filmini juda yaxshi ko‘rgan.

    Keri-Hiroyuki Tagava

    Foto: Dzen.ru

    Muvaffaqiyatli rolidan keyin fuqarolikni olgan yana bir aktyor Keri-Hiroyuki Tagava ismli amerikalik yapon aktyoridir. Tomoshabinlarga uni “o‘lim jangi” filmidagi sehrgar Shang Szung roli bilan tanilgan.

    O‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida aktyor faqat salbiy rollarni o‘ynagan, lekin 2015-yilda aktyor to‘satdan rus kinosida paydo bo‘ldi. Ijodkor “Ruhoniy san” filmida bosh rolni ijro etadi.

    Foto: “Dzen.ru”

    Kartina Syujeti yapon pravoslav ruhoniyining og‘ir hayoti haqida hikoya qiladi. Film unchalik mashhur bo‘lmagan bo‘lsa-da, Tagavaning o‘zida o‘chmas taassurotlar qoldirgan. Film suratga olganidan so‘ng, amerikalik aktyorda pravoslavlikni qabul qilish istagi paydo bo‘lgan.

    Keri-Hiroyuki Rossiya filmidagi ishtiroki va pravoslavlikni qabul qilganidan so‘ng, deyarli ko‘p o‘tmay Rossiya fuqaroligini qabul qilgan.

    27.01.2024, 21:54   Izoh (0)   21332
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turmush o‘rtog‘i sabab karyerasi izdan chiqqan Gollivud yulduzlari

    18.01.2024, 11:38

    Bir-biri bilan yoshligidan do‘st tutingan Gollivud yulduzlari (foto)

    19.01.2024, 14:50

    Qoyilmaqom ijrosi bilan bosh qahramonlardan ham mashhur bo‘lib ketgan ikkinchi darajali obrazlar (foto)

    24.01.2024, 10:20

    Haqiqiy jentlmenlar: Katta mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, samimiyligicha qolgan aktyorlar (foto)

    26.01.2024, 10:37

    “Zita va Gita”dagi Ranjit — hind aktyori Rupesh Kumarning taqdiri qanday kechgan? (foto) 

    17.01.2024, 19:20

    Chingachguk 84 yoshda: Eng mashhur “sovet hindusi” Goyko Mitichning taqdiri qanday kechgan?  

    15.01.2024, 15:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.