Fransiyaning ko‘plab shaharlarida minglab odamlar migrantlarga nisbatan qat’iyroq siyosatni nazarda tutuvchi immigratsiya qonuniga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu haqda France24 va BFMTV xabar berdi.
Namoyishlar Parij, Strasburg, Lion, Nant, Bordo, Lili, Renni va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tdi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi 75 mingga yaqin kishi namoyishga chiqqanini bildirdi, shulardan 16 mingtasi — poytaxtda.
Qayd etilishicha, norozilik aksiyalari qonun Konstitutsiyaviy kengash tomonidan ko‘rib chiqilishi arafasida bo‘lib o‘tgan.
Namoyishchilar yangi qonun fransuz qadriyatlari va tamoyillariga zid ekanini da’vo qilmoqda.
OAV yozishicha, qonun loyihasi xorijliklarni deportatsiya qilish ehtimolini oshiradi, ijtimoiy sug‘urta olishni cheklaydi va oila a’zolarini Fransiyaga olib kelishni qiyinlashtiradi.
Izoh (0)