Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Xitoy andozalari asosida yirik dam olish maskani quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, ayni paytda Xitoyda bo‘lib turgan viloyat hokimi Zoir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Urumchi shahrining Tayan-Shan tog‘ tizmalarida joylashgan kurort zonasi faoliyati bilan tanishdi.
Bu borada mazkur sayyohlik hududi rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi. Kelgusida Bo‘stonliq tumani “Oqtosh” hududida Heavenʼs Garden majmuasi yonida zamonaviy andozalarda dam olish obyektini qurish bo‘yicha ijobiy kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekistonda yaratilgan investitsion muhit bilan tanishish hamda loyihalash ishlarini boshlash bo‘yicha Xitoy delegatsiyasi fevral oyida Toshkent viloyatiga tashrifi borasida kelishib olindi.
Loyihaning dastlabki investitsiya qiymati 10 million dollar deb baholanmoqda.
Izoh (0)