Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, dunyoda Ukrainaning snaryadlar va qurollarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun yetarlicha ishlab chiqarish hajmi yo‘q.
Bu haqda davlat rahbari Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasidagi nutqi chog‘ida aytib o‘tdi.
Prezident Ukraina 155 mm kalibrli artilleriya qurilmalari uchun snaryadlardan qanday hajmda foydalanishini tushuntirdi.
“Bizda hamma narsa yetarli emas. Ular bizga hamma narsani tekinga bermoqda, demayman. Ba’zilari beriladi, ba’zilari esa sotiladi — buning farqi katta. Men sizga hajm haqida aytmoqchiman: bugungi kunda dunyoda yetarli hajm yo‘q. Masalan, yuqorida aytganimdek, artilleriya ishlab chiqarish hajmi Ukraina armiyasining Rossiya armiyasi bilan urushga bardosh berishi uchun yetarli emas”, — deya ta’kidladi Zelenskiy.
U, shuningdek, Rossiya nima uchun Shimoliy Koreyadan snaryadlar olishini tushuntirdi.
“Ularning ishlab chiqarishi kammi? Yo‘q, lekin yetarli emas. Yetarli emas. Shuning uchun ular butun dunyo bo‘ylab snaryadlar qidirishmoqda. Katta defitsit bor”, — dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyo keng ko‘lamli urushga tayyor emas.
Izoh (0)