Yevropa Ittifoqi HAMAS harakatining siyosiy rahbari Yahyo Sinvarni terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda YI bayonotida ma’lum qilindi.
“Bugun YI kengashi bir shaxsni terrorchilar ro‘yxatiga kiritishga qaror qildi. Bu qaror Yevropa Ittifoqining HAMAS tahdidiga va uning 2023-yil 7-oktyabrda Isroilda sodir etgan shafqatsiz terrorchilik hujumlariga javobidir.
Bu sanksiyalar bugundan kuchga kiradi. Ro‘yxatda HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Yahyo Sinvar bor. Ro‘yxatga kiritilganidan so‘ng, Yahyo Sinvarning Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardagi barcha mablag‘lari va aktivlari muzlatib qo‘yiladi. Yevropa Ittifoqidagi operatorlarga ham Yahyo Sinvarni mablag‘ va iqtisodiy resurslar bilan ta’minlash taqiqlanadi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)