• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Men ketmoqdaman” — Boris Yelsin. Rossiyaning birinchi prezidenti iste’fosi va Putinning hokimiyatga kelishi tarixi

    1999-yil 31-dekabr kuni Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin o‘z iste’fosini e’lon qildi. Davlat rahbari vazifasini bajarish esa bosh vazir Vladimir Putinga yuklandi — u uch oydan keyin saylovlarda g‘alaba qozonib, hozirga qadar mamlakatni boshqarib kelmoqda. Bu Rossiya tarixida hokimiyatni tirikligidayoq o‘z xohishi bilan boshqa shaxsga topshirish bilan bog‘liq birinchi holat edi. O‘sha voqealarning barcha ishtirokchilari va guvohlar sodir bo‘lgan voqeaning deyarli faqat bitta versiyasi haqida aytadi. Quyida bu boradagi tahlil va javobi hozirga qadar topilmagan savollarga to‘xtalib o‘tamiz.

    Yelsin iste’fosining tafsilotlari qayerdan ma’lum?

    Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin
    Foto: Wikimedia Commons

    Boris Yelsinning iste’fosi tafsilotlari 2001-yilda chop etilgan uning “Prezidentlik marafoni” kitobida keltirilgan. Ushbu kitobni Yelsin administratsiyasining sobiq rahbari, keyinroq esa yordamchisi va Yelsinning qizi Tatyana Dyachenkoga uylanib, uning kuyoviga aylangan Velentin Yumashev yozgani aytiladi. “Oxirgi kitobni yozish juda oson kechdi. Mening o‘zim 1996-2000-yillardagi voqealarning barchasida ishtirok etganman… Men yozardim va biror savol tug‘ilsa, uning oldiga borardim”, — deydi Yumashev.

    “Prezidentlik marafoni”dagi iste’fo versiyasi aftidan Rossiyadagi bir nashriyotdan boshqasi o‘tganida turli tafsilotlar bilan tarqay boshlagan. Umuman olganda, jurnalistlarda mazkur voqealarga bog‘liq undanda yaqinroq boshqa manba yo‘q edi.

    “Marafon”da keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish qiyin. Shuning uchun boshqa qo‘shimcha guvohlar masalan, voqealarga aloqador shaxslarning xotiralari muhim. Ammo Vladimir Putin hamon prezident sifatida faoliyat yuritayotgan ekan, 1990-yillardan XX asr boshlarigacha Kremlda ishlagan ko‘plab insonlar uchun bu og‘riqli mavzuligicha qolmoqda.

    Shunga qaramay, 2000-yillarda OAVda e’lon qilingan materiallar mavjud. Jurnalistlarning insaydlarini Kremlda sodir bo‘lgan voqealar versiyasi bilan taqqoslash ham foydali. 

    Barchasi qanday sodir bo‘ldi?

    Boris Yelsin ikkinchi muddat yakunlanguniga qadar prezidentlik lavozimidan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar 1990-yil o‘rtalarida tarqay boshladi. 1996-yilgi saylovlar oldidan uning hatto ikkinchi muddatga saylanishi ham katta so‘roq ostida edi, ammo oxir-oqibat Yelsin saylovoldi kampaniyasida ishtirok etdi.

    Qiziq jihati, Rossiyaning birinchi prezidenti muddatidan oldin iste’fo berishi haqidagi mish-mishlar to‘lqini unga teskari bo‘lgan boshqa gap-so‘zlar bilan birga tarqaldi — Yelsin Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish yoki Konstitutsiyaviy sudni birinchi saylovda boshqa qonun asosida saylanganini tan olishga majburlash orqali uchinchi muddatga saylanadi deyishardi. Hujjatlarga ko‘ra, SSSR endilikda mavjud emasdi, shu boisdan birinchi muddatni hisoblamasa ham bo‘lardi.

    Boris Yelsin va SSSRning so‘nggi rahbari Mixail Gorbachyov
    Foto: “TASS”

    Bu gaplar 1998-yil kuzida tarqaldi. Yelsin administratsiyasining o‘sha vaqtdagi rahbari Valentin Yumashev “prezident ishining alohida tartibi” joriy etilganini e’lon qildi, bu davlat rahbari o‘z xohishi bilan faol siyosiy jarayondan voz kechishini bildirardi. Sabab — 17-avgust defoltidan keyin jamiyat orasida ommabopligini yo‘qotgani, shuningdek, Yelsin sog‘lig‘ining yomonlashgani. Amaliyotda “alohida tartib” mamlakat tarixida muhim bosqichga aylanmadi, ammo uning joriy etilishini o‘zi o‘sha davr qanday kechganini yorqin ifodalay oladi.

    Yelsinning prezidentlik lavozimidagi oxirgi ikki yili hukumatning muntazam almashishi bilan yodda qoldi. 1998-yilda to‘rtta bosh vazir almashdi (bunga qadar Viktor Chernomirdin qariyb 6 yil hukumatni boshqardi): Sergey Kiriyenko, Yevgeniy Primakov, Sergey Stepashin, Vladimir Putin. Bularning oxirgisi tayinlangan vaqtda Yelsin uni o‘zidan keyin prezidentlik lavozimida ko‘rayotganini e’lon qildi — shu bilan birga, Putin shaxsi keng jamoatchilikka tanish emasdi.

    Shundan so‘ng Putin reytingi yuqoriga o‘sa boshlagan bo‘lsa, Moskva meri Yuriy Lujkov va sobiq bosh vazir Yevgeniy Primakov kabi Kreml muxoliflarining mashhurligi so‘na boshladi. Yelsin yozganidek, u aynan Putinga birinchi bo‘lib iste’foga chiqmoqchi ekanini aytgan. Bu parlament saylovlaridan oldin ro‘y bergandi.

    “O‘shanda Putinning holati meni hayratga solib qo‘ydi: ‘O‘ylashimcha, men bu qarorga tayyor emasman Boris Nikolayevich’, eslaydi Yelsin. — Yo‘q, bu kuchsizlikdan dalolat emasdi. Putinni ojiz deya olmaysan kishi. Bu kuchli insonning shubhasi edi. ‘Tushuning, Boris Nikolayevich bu ancha og‘ir taqdir’”, — deydi u.

    Yelsinning ta’kidlashicha, shu kuni u aynan qaysi sanadan iste’fo berishini ochiqlamagan. Jurnalist Leonid Mlechin taxminicha, prezidentning ushbu sanani tanlashiga uning chiroyli ekani sabab bo‘lgan: yangi asrning boshlanishi va Rossiyada yangi prezident.

    Foto: “TASS”

    28-dekabr kuni Yelsin Yangi yil telemurojaatini yozadi, ammo suratga olish ishlari yakunlangach u shunday deydi: “Ovozim qandaydir bo‘g‘iq bo‘lib qoldi. Matn ham yoqmadi. Qayta yozamiz” va u murojaat yilning oxirgi kunida yozilishini aytadi. Shu kuni kechqurun Yelsin o‘z qarori haqida Aleksandr Voloshin va Valentin Yumashevga aytadi. “Voloshin ko‘zini pirpiratmasdan menga qarab turardi. Yumashev ham qotib qoldi, endi nima deyishimni kutardi”, — deb yozadi Yelsin.  

    Shundan keyin texnik detallar muhokama qilinadi, Yumashev ushbu qaror haqida Yelsinning eng yaqin maslahatchisiga aylangan qizi Tatyana Dyachenkoga aytish taklifini bildiradi. Dyachenko esa Yelsinning iste’fosidan keyin “Kommersant”ga bergan intervyusida otasining rejalarini bir oy oldin taxmin qilganini aytgandi. Bunga Xitoyga tashiri davomida “mahalliy taomdan tatib ko‘rgani” sabab bo‘lgan, chunki bunga qadar u hech qachon bunday ish qilmagandi.

    Ertasi kuni Yelsin yana bir bor Putin bilan gaplashib oladi va u 31-dekabrdan boshlab Rossiya prezidenti vazifasini bajaruvchiga aylanishini aytadi: “Tongni qanday kutib olishim, voqealar ketma-ketligi qanday kechishi haqida gapirdim. Telemurojaat, qarorlarning imzolanishi, qora chamadonning topshirilishi, kuch tuzilmalari vakillari bilan uchrashuvlar va hokazo. Qo‘shma rejalarimizga biroz tahrirlar kiritdik”.

    Yelsin 31-dekabr tongidagina o‘z qarori haqida rafiqasi Nainaga aytadi. Uning eslashicha, ayol eriga otilib, quchoqlab olgan, keyin esa Tatyana Dyachenkoga qo‘ng‘iroq qilgan: “Tanya, o‘ylaymanki, iste’foni bugun e’lon qilmaslik kerak. Odamlarni tashvishga solib nima qilamiz?... Yangi yilni bayram qilish kerak, bu yerda esa prezident ketib qolyapti. Nima ikki kun kuta olmaydimi? Yangi yil yakunlangach, ketaversa bo‘ladi. O‘ylab ko‘ringlar, otang bilan gaplash”. Ammo reja o‘zgarishsiz qoladi. Yelsin murojaatni o‘qib eshittirdi va u televideniyeda bir necha bor takroran qo‘yildi. Aytish kerakki, unda “Men charchadim, men ketmoqchiman”, jumlasi yo‘q edi.

    O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov va Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin
    Foto: “Kommersant”

    “Kommersant”ning yozishicha, murojaat o‘qib bo‘lingach, kameralar o‘chirilganida Boris Nikolayevich dastro‘molchasini olib, ko‘zini artgan. “Iste’fo bergan prezident televideniye xodimlari uning ko‘z yoshlarini ko‘rishlarini istamaydi. Tatyana Dyachenko otasining yoniga borib, qo‘lidan tutdida va u ham yig‘lab yubordi. Va nihoyat Yelsin o‘zini qo‘lga oldi”, deb yozadi nashr. “Mana nima uchun sizlarni bugun chaqirganimni tushungandirsizlar. Men bu haqida uzoq o‘yladim”, — deydi prezident televideniyedan kelgan jurnalistlarga.

    Moskva vaqti bilan 31-dekabr kuni soat 00:00 da Vladimir Putin prezident vazifasini bajaruvchiga aylandi va birinchi bo‘lib “O‘z vakolatini to‘xtatgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti va uning oila a’zolari kafolatlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

    “Rossiyani asrang”, — deydi Yelsin Putinga Kremldagi kabinetidan chiqar ekan.

    Nima uchun Putinning birinchi qarori Yelsinning kafolatlari to‘g‘risida?

    Ushbu qaror eng ko‘p mish-mishlarni yuzaga keltirgan hujjatga aylandi. Yelsinning o‘zi ham “Prezidentlik marafoni”da shunday yozadi: “Asosiy bema’nilik: xuddiki qaror Yelsin va Putin o‘rtasidagi bitimdek. U menga daxlsizlik beradi, men esa Kremlni muddatidan oldin bo‘shatib beraman”. Balki rostdan ham mazkur qarorning ahamiyati bo‘rtirib yuborilgandir. Hujjat matniga ko‘ra, daxlsizlik faqat Yelsinning o‘ziga berilgan, uning oila a’zolariga esa keng ko‘lamli ijtimoiy imtiyozlar taqdim etilgan xolos.

    Jurnalist va tarixchi Oleg Morozo o‘z kitobida vaziyatga oydinlik kiritishga urinadi: “Hokimiyatning bir prezidentdan boshqasiga o‘tishi bo‘yicha hech qanaqa hujjat mavjud emas edi… Bu masala oddiy tartibga amal qilinardi: qaror yoki davlat rahbarining hech bo‘lmasa og‘zaki buyrug‘i bo‘lmasa Federal qo‘riqlash xizmatining birorta mashinasi joyidan siljimaydi, ushbu idoraning biror xodimi ketgan rahbarni qo‘riqlashga jalb etilmaydi…”.

    Oradan bir oy o‘tmasdan qaror Rossiya Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan qaror bilan almashtiriladi. “Faqatgina o‘ta go‘l va siyosatda hech narsaga tushunmaydigan inson qaror yoki qonunlar mamlakatning sobiq rahbariga daxlsizlikni kafolatlashi mumkinligiga ishonadi”, — deb yozadi Yelsin o‘z kitobida.

    Yelsin iste’fosi haqida Putin bilan birinchi marta qachon gaplashgan?

    Vladimir Putin va Boris Yelsin
    Foto: “TASS”

    “Prezidentlik marafoni”da Rossiyaning birinchi prezidenti o‘z niyatini ilk bor Putinga 14-dekabrda aytganini yozadi va bu Davlat dumasiga saylovlardan besh kun oldin sodir bo‘lganiga urg‘u beradi. Ilya Bulavinov maqolasida esa birinchi suhbat 22-dekabrda sodir bo‘lgani qayd etiladi. Ya’ni o‘zaro muloqot saylovdan keyin ro‘y bergan.

    Balki bu u qadar ahamiyatga ega bo‘lmagan ma’lumotlardir. Biroq buning ortida boshqa narsa turgan bo‘lishi mumkin — masalan, iste’fo to‘g‘risidagi qaror Davlat dumasidagi saylov natijalaridan kelib chiqib qabul qilingandir.

    Yelsinning muddatidan oldingi iste’fosiga oid mish-mishlar qayerdan tarqalgandi?

    1990-yillar oxirlarida OAV Boris Yelsinni mamlakatni boshqarishga noloyiq va mustaqil qaror qabul qila olmaydigan inson sifatida ochiqdan ochiq tandiq qila boshlaydi. Tabiiyki bu prezidentning muddatidan oldin lavozimdan ketishi haqidagi gap-so‘zlarni keltirib chiqaradi.

    AQSH prezidenti Bill Klinton, Rossiya prezidenti Boris Yelsin va Ukraina prezidenti Leonid Kravchuk, 1994-yil
    Foto: “Ksfr.org”

    1998-yil oktyabr oyida Valentin Yumashev mamlakatni boshaqarishdagi “alohida tartib”ni e’lon qilganidayoq “Kommersant” jurnalisti Veronika Kusillo muddatidan oldin iste’fo ro‘y berishi haqida yozgandi. Bir yildan keyin esa OAV ushbu voqeaning aniq sanasini ham muhokama qila boshlaydi — 1999-yil 16-sentyabr (Putin bosh vazirga aylanganiga bir oydan endi oshgandi). Yelsin mazkur sanada ketmaganidan keyin Davlat dumasi deputati Aleksandr Shoxin yangi sanani e’lon qiladi — 19-oktyabr. Oqibatda Yelsinning hokimiyat tepasida qolishi yana 2,5 oyga cho‘ziladi.

    Iste’fodan keyin prezidenti o‘z hayoti bilan yashadi, Putinning prezident sifatidagi harakatlariga hech qanday izohlar bermadi. Yelsinning o‘zi kitob o‘qish, yaqinlari va rafiqasi, shuningdek, do‘stlari hamda sobiq hamkasblari bilan muloqot qilishdan zavqlanganini tan olardi.

    31.12.2023, 20:30   Izoh (0)   34231
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fahsh orasida o‘tgan bolalik, puflayverib yorilgan lablar va konsert arafasidagi o‘lim — “Jazz qiroli” Lui Armstrongning taqdiri

    15.11.2023, 08:54

    Fir’avnlar hurmat qilgan va Gitlerni hayratga solib kelgan ayol: malika Nefertitining hayoti va sirli o‘limi

    16.12.2023, 14:45

    SSSR tarixidagi eng sirli rahbar: peshtaxtalarga arzon aroq chiqargan va keskin islohotlardan qo‘rqqan Yuriy Andropov taqdiri

    17.12.2023, 19:50

    Isroil G‘azodagi urush tufayli mahalliy saylovlarni keyinga qoldirdi

    31.12.2023, 19:47

    Afrikaning eng boy odami 2023-yilda 3,6 milliard dollar yo‘qotdi

    31.12.2023, 17:59

    1001 turdagi pishloq solingan pitssa Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

    31.12.2023, 17:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.