Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining ochilish o‘yinida Qatar 12-yanvar, juma kuni Livanga qarshi bahs olib bordi.
Birinchi bo‘limning so‘ngida Qatar futbolchisi Akram Afif musobaqaning ilk goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limda ham mezbonlar darvozani ishg‘ol qildi. 56-daqiqada Almoez Ali o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
O‘yin so‘ngida Afif dublni rasmiylashtirdi va jamoasining yirik zafar quchishiga hissa qo‘shdi. Shu tariqa Qatar musobaqadagi yurishini g‘alaba bilan boshladi.
Osiyo Kubogi
1-tur bahsi
12-yanvar, juma
Qatar — Livan 3:0
Gollar: 1:0 – 45 Afif, 2:0 – 56 Ali, 3:0 — 90+5 Afif.
Qatar: Barsham, Lukas Mendes, Ro-Ro, Ali, Abdulvahab (Ahmed, 72), Hatem (Gaber, 79), Fatahi, Abdurizag (Muhammad, 57), Afif, Al-Haydos (Tarek, 57), Ali (Alaa, 78).
Livan: Matar, Al Zein, Mansur, Al-Zeyn, Melki, Nassar, Haydar (Bugiel, 70), Shour (Srour, 70), Tnesh, Jradi (Bitar, 80), Maatuk (El-Helve, 70).
Ogohlantirishlar: Haydar (51), Srour (80).
Izoh (0)