Dollarning turk lirasiga nisbatan kursi tarixiy eng yuqori darajaga yetdi. 11-yanvar kungi savdoda tarixda birinchi marta bir dollar 30 liradan oshdi. Buni xalqaro Forex bozoridagi savdo ma’lumotlari tasdiqlaydi.
13:55 (Toshkent vaqti bilan) holatiga ko‘ra, dollar kursi 0,20 foizga oshib, 30,0110 liraga yetdi. 2023-yilda turk lirasi Markaziy bank tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri yetti marta stavka oshishiga qaramay, dollarga nisbatan taxminan 60 foizga arzonlashgandi.
Ushbu siklning birinchi o‘sishi iyun oyida kuzatilgan, o‘shanda regulyator stavkani deyarli ikki baravar oshirgan — yiliga 8,5 foizdan 15 foizgacha.
2023-yil oxiriga kelib, stavka 20 yil ichida yangi eng yuqori darajaga yetdi — Turkiya Markaziy banki uni 42,5 foizga oshirgandi.
Izoh (0)