Turk lirasi dollarga nisbatan tarixiy minimal darajaga tushdi, deb yozdi Tengrinews Deutsche Welle’ga tayanib.
Turk milliy valyutasi yana pasayib, qisqa vaqt ichida dollarga nisbatan 23,19 lirani tashkil qilib, rekord darajada pasaydi. Lira taxminan 7 foizga pastlab, 2021-yildagi tarixiy “qulash”dan keyingi eng katta pasayishni qayd etdi.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Turkiya prezidenti etib qayta saylanishi bilan yakunlangan 28-maydagi saylovlardan beri lira 13 foizga qiymatini yo‘qotdi. O‘tgan yil davomida uning dollarga nisbatan narxi 33 foizdan ko‘proqqa arzonlashgan.
Izoh (0)