Irlandiya poytaxti Dublin 2023-yilda aholining tirbandlikda o‘tkazgan vaqti bo‘yicha dunyo shaharlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda TomTom yo‘l harakati axboroti kompaniyasi ma’lum qildi.
Kompaniya 55 ta davlatning 387 ta shahridagi yo‘l harakati holatini tahlil qildi. Markaziy Osiyo davlatlaridagi tirbandliklar mazkur tahlildan joy olmagan.
2023-yilda Irlandiya poytaxti aholisi tirbandlikda 158 soat vaqt yo‘qotgan. Bundan tashqari, transport harakati qiyin bo‘lgan paytda yo‘lda o‘tkaziladigan vaqt tirbandlik bo‘lmagan vaziyatga nisbatan 66 foizga oshgan. Bu turli shaharlar orasida rekord natija hisoblanadi.
Dublindan keyin ikkinchi o‘rinda Peru poytaxti Lima (157 soat), uchinchi o‘rinda esa Mexiko (152 soat) turibdi. Irlandiya poytaxti, shuningdek, 10 kilometr yo‘lni bosib o‘tish uchun zarur bo‘lgan vaqt (29,5 daqiqa) va eng past o‘rtacha tezlik (25,7 km/soat) bo‘yicha Londondan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)