2024-yil boshida Litva Ukrainaga M577 zirhli avtomobillari, o‘q-dorilar, generatorlar va detonatsiya tizimlarini yuboradi.
Bu haqda Litva prezidenti Gitanas Nauseda Vilnyusda ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani chog‘ida aytib o‘tdi.
![](/static/2024/01/10/litva2-go08sz93.jpg)
Unga ko‘ra, Ukrainaga 200 million yevrolik uzoq muddatli yordam paketi ajratish 2022-yil avgustida tasdiqlangan.
“Litva Mudofaa kengashida biz Ukrainaga 200 million yevrolik uzoq muddatli harbiy yordam paketini ma’qulladik. Yanvar oyida biz yana Ukrainaga o‘q-dorilar, generatorlar, portlovchi vositalar, fevralda esa M577 zirhli mashinalarini yuboramiz. Shuningdek, Ukraina harbiylarini o‘qitish va harbiy sanoat sohasida hamkorlikni mustahkamlash borasida ish olib boramiz”, — dedi Gitanas Nauseda.
Izoh (0)