Toshkentning “Paxtakor” klubi 2024-yilgi mavsumga tayyorgarlikni 10-yanvar kunidan boshlaydi.
Yilning dastlabki haftasi Qibrayda o‘tadi. Undan so‘ng 17—31-yanvar kunlari esa Turkiyaning Antaliya shahrida xorijdagi dastlabki yig‘in o‘tkaziladi.
Unda uchta nazorat o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan deya xabar beradi “sherlar” matbuot xizmati.
21-yanvar
“Paxtakor” — “Tuzla Siti” (Bosniya va Gersogovina)
25-yanvar
“Paxtakor” — “Aleksandriya” (Ukraina)
30-yanvar
“Paxtakor” — “Dinamo” (Ukraina)
Izoh (0)