Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘ron tumani hududida zilzila qayd etildi, deb xabar beradi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Ma’lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan 28-dekabr kuni soat 08:11 da zilzila sodir bo‘lgan. Episentr: Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani. Zilzila koordinatalari: 41,19 gradus shimoliy kenglik; 71,74 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik — 10 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 211 kilometr janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Yangiqo‘rg‘on tumanida — 2 ball,
- Chortoq tumanida — 2 ball,
- Kosonsoy tumanida — 2 ball.
Eslatib o‘tamiz, 23-noyabr kuni soat 04:28 da Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,4 magnitudali zilzila qayd etilgandi. Bundan tashqari, ushbu tumanda shu kuni 14:08 3,5 magnitudali, 14:36 da 3,9 magnitudali, 16:28 da 3,3 magnitudali zilzila qayd etilgan.
Izoh (0)