• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Ilgari eng tuban hayotda yashaganman” — aktyor va rejissor Azamat Ahrorov nimalardan afsuslanishi haqida (video)

    Aktyor va rejissor Azamat Ahrorov “Daryo”ning YouTube’dagi kanaliga bergan intervyusida ilgari zalolat hayotida yashagani, uning o‘zgarishiga sabab bo‘lgan inson haqida gapirdi.

    — Ilgari eng tuban hayotda yashaganman. Yashirmayman ichardim, nasha chekardim va qizlar bilan yurardim. Hozir eslasam afsuslanadigan hayotim bo‘lgan. Suratga olgan filmlarimdan katta-katta mablag‘ topganman, ammo barakasi bo‘lmagan.

    Foto: “Daryo”

    Bir insonga ishonib, Captiva rusumli avtomobil xarid qilganman. Mashinaning davlat raqami firmaning nomida bo‘lgan, u firmaning egasi qaysidir ishi uchun ozodlikdan mahrum etilgan. Captiva’ni tortib olishlari haqida eshitganimdan keyin uni yashirib qo‘yganmiz. Besh yil mashinani yashirib saqladik, keyinchalik mashinani o‘z nomimga rasmiylashtirib oldim. U vaziyatda juda qiyin bo‘lgan, pulsiz qolib ketganman. “Ko‘cha” nomli serialni suratga olib, unga ham ancha vaqtgacha telekanaldan pulini ololmay yurganman. Men ko‘cha hayotini yaxshi bilaman, chunki bolalikdan shu muhitda ulg‘ayganman, — deydi Azamat Ahrorov.

    Aktyor tuban hayotdan chiqishiga qizalog‘ining dunyoga kelishi sabab bo‘lgani haqida ham so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram

    — Oila qurib, birinchi farzandimni qo‘limga olganimda ulg‘ayganimni his qildim. Otalik meni o‘zgartirdi. Hozir ham o‘zimni ko‘p narsadan tiyaman, xususan axloqsizlik bo‘lgan yerlarga borishdan saqlanaman. Avvalgi tanishlarim bilan ko‘rishib qolsam, ularni oilaviy o‘tirish mumkin bo‘lgan yerlarga olib borishga harakat qilaman.

    Bundan tashqari, avvalgi hayotimga qaytib ayolim Dilnozaning ham ko‘nglini og‘ritishni istamayman. Avvalgi hayotimni turmush o‘rtog‘imdan yashirmaganman. Juda ko‘p qizlar bilan ishqiy munosabatda bo‘lganimni, ichib-chekib yuradigan bola bo‘lganimni yaxshi biladi. Madrasada o‘qigan bola bo‘lmaganman. Sanʼatga ko‘cha hayotidan kirib kelganimni ham juda yaxshi biladi. Eng qizig‘i, shou-biznes chirkinliklar tubida ekanligini ham ko‘pchilik yaxshi biladi. Sanʼat vakillarining hayoti hamisha aysh-ishrat, maishat bilan bog‘liq. Masalan to‘yga borasiz u yerda har xil odam bilan to‘qnashasiz. “Keling o‘tiramiz, gaplashamiz”, deydi. Hatto rad javobini bersangiz, kattaroq odam bo‘lsa ertaga “zapret”ga tushirib qo‘yishi ham mumkin. Shunday vaziyatlardan qochishga harakat qilaman.

    Azamat Ahrorov ilk marta ayoli haqida gapirib, unga minnatdorlik bildirib o‘tdi.

    — Men bilan yashash oson emas, ayolim haligacha qiynaladi. Odatda ayolim haqida gapirishni, har xil fitnalar bo‘lishini istamayman. Uchta farzandimiz bor, ularning parvarishi va tarbiyasi bilan shug‘ullanishning o‘zi katta ish. Doimiy sport bilan shug‘ullanganim uchun maxsus ratsiondagi taomlarni isteʼmol qilaman. Ayolim menga, farzandlarimga va o‘zi uchun alohida taom tayyorlaydi. Enaga, yordamchilar bo‘lsa ham asosiy qiyinchilik o‘ziga tushadi.

    To‘g‘ri yo‘lga kirganimdan keyin hayotimda juda ko‘p narsalar o‘zgardi. Uy va mashina oldik, ro‘zg‘orimizga ham baraka kirdi. Tasavvur qiling, hozirgi kunda bitta filmimni kinosaroyda 70 mingta tomoshabin ko‘rsa, qancha summa bo‘ladi. Men yiligi kamida to‘rtta film suratga olaman. 3-4 yil avval tomoshabinlar soni bugungidan ancha ko‘p edi. Qancha pul topganimni tasavvur qilyapsizmi? Ammo baraka bo‘lmagan. Pul osonlik bilan topilar va aysh-ishratga ketib qolardi. Hech narsa orttirolmasdim, hozir esa oyida 3 ming dollar topsam ham barakasi bo‘ladi. Shuning uchun oilali bo‘lish barakaning asosiy omili ekan deb o‘ylab qolaman, — deydi Azamat Ahrorov.

    Suhbatni to‘liq holda quyida tomosha qilishingiz mumkin.

     

    27.12.2023, 17:45   Izoh (0)   25959
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qizimning Azamat Ahrorovga turmushga chiqmoqchi bo‘lgani piar emasdi”. Shahzoda Muhammedovaning onasi qizi u bilan gaplashmay qo‘yishiga sabab bo‘lgan voqea haqid...

    21.08.2022, 17:52

    “Ikki yil ichida 400 ming dollar ishlab topdim”. Aktyor va rejissor Azamat Ahrorov daromadlari hamda giv konkurs tufayli katta pulga tushib qolgani haqida (video)

    04.10.2022, 15:52

    Instagram: Bunyod Rahmatullayev birinchi, Azamat Ahrorov uchinchi bor ota bo‘ldi, “Ummon”chi Shohrux bir oyda qancha topadi? 

    22.10.2023, 22:15

    “Ko‘cha”ning pulini bermaslik uchun yerto‘lagacha olib tushishdi— Azamat Ahrorov “Zo‘r TV” bilan sudlashgani va Sug‘diyona Azimovasiz faoliyati qanday davom etishi...

    26.12.2023, 14:50

    “Qayerdan bilasiz, balki men bepushtdirman?”. Munisa Rizayeva xeyterlar, hijobga kirishga tayyorligi va sahnada mikroinsult olgani haqida

    27.12.2023, 15:21

    Bahodir Jalolovning to‘yi Surxondaryoda davom etdi, Munisa Rizayeva O‘zbekistonni 1 oyga tark etdi. Instagram yangiliklari

    26.12.2023, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatilib, elektr ta’minotidan uzildi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:50

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.