BAAning Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati 17-dekabr, yakshanba kuni start oldi.
Musobaqada 41 ta davlatdan 650 nafar shaxmatchilar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Umida Omonova blits yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, yana bir qator shaxmatchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi. Davron Sharipov 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Malikaxon Jumayeva va Husnoraxon Husnitdinovalar 3-o‘rin sohibiga aylandi.
Izoh (0)