Daryo

Murodjon Ahmadaliyev Kevin Gonsalesni nokautga uchratdi

12 raundga mo‘ljallangan jang 8-raunddayoq o‘z nihoyasiga yetdi

1 daqiqa o‘qish69 504 ko‘rishlar0 izoh0

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev meksikalik Kevin Gonsalesga qarshi jang qildi. 

AQShning Arizona shtatida joylashgan Desert Diamond arenasida tashkil etilgan boks oqshomi 8-raunddayoq o‘z nihoyasiga yetdi.

12 raundga mo‘ljallangan jangda Ahmadaliyev raqibini 8-raundda texnik nokautga uchratdi va g‘alaba qozondi.

Murodjon bundan oldin faoliyatida 12 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongan. O‘zbekistonlik bokschi aprel oyida filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchrab, WBA va IBF kamarlarini boy bergandi. 

Kevin Gonsales esa prof boksda 26 ta jang o‘tkazib, 25 tasida g‘alaba qozongan. Bitta jangda esa durang natija qayd etilgan. Shu tariqa Gonsales faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar