AQSH harbiy-dengiz kuchlarining USS Carney esminetsi 16-dekabr, shanba kuni erta tongda Yamanning Qizil dengizdagi hutiy isyonchilar nazorati ostidagi hududlaridan uchirilgan 14 ta dronni yo‘q qildi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Ushbu dronlar bir tomonlama hujumga mo‘ljallangan uchuvchisiz apparatlar sifatida baholandi. Hududdagi kemalarga zarar yetkazilmagan va qurbonlar yuzaga keltirilmagan holda urib tushirildi. Qizil dengizdagi mintaqaviy hamkorlar xavf haqida ogohlantirildi”, — deyiladi AQSH Markaziy qo‘mondonligi postida.
3-dekabr kuni Iroqdan Amerikaning Suriyadagi bazasiga 15 ta raketa uchirilgani xabar berilgandi.
Izoh (0)