• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Janubiy Koreyadan 22 nafar o‘zbekistonlik talaba nega chiqarib yuborilganiga aniqlik kiritildi

    Janubiy Koreyadan 22 nafar o‘zbekistonlik talaba majburan chiqarib yuborilgandi. O‘zbekistonning ushbu davlatdagi elchixonasi universitet rahbariyati bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi.

    Foto: Videodan kadr

    Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonlik talabalar 2023-yil sentyabridan boshlab til kursida o‘qishni boshlagan. Talabalar o‘qishni boshlash arafasida universitet rahbariyati tomonidan ularga tushuntirish ishlari olib borilib, mazkur oliy ta’lim muassasasida o‘qish va yotoqxonasida istiqomat qilish bilan bog‘liq tartib qoidalar tushuntirilgan. Bundan tashqari, talabalar Janubiy Koreyada bo‘lish qonun-qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirilgan.

    Shunga qaramasdan, o‘qish boshlanishi bilan o‘zbekistonlik talabalar orasida universitet ichki tartib-qoidalariga amal qilmaslik, Janubiy Koreya immigratsiya qoidalariga muvofiq universitet tomonidan so‘ralgan hujjatlarni taqdim etmaslik, ruxsatsiz va noqonuniy mehnat faoliyatini yuritish, buning oqibatida darslarga qatnashmaslik hollari keskin ko‘paygan.

    Ushbu holatni oldini olish maqsadida universitet ma’muriyati talabi bo‘yicha talabalarga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan va barcha talabalardan 2023-yil 8-noyabr kuni ushbu ta’lim maskani qoidalariga amal qilish bo‘yicha majburiyat xati olingan.

    Universitet ma’muriyati talabalarga Janubiy Koreyada yashash qonun-qoidalarini va oliy ta’lim muassasasi ichki tartibini buzmasliklari, bunday holat yana takrorlansa, talabalarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishi haqida ogohlantirilgan. Lekin ko‘rilgan choralarga qaramasdan, talabalar tomonidan qoidalarni buzish holatlari davom etavergan.

    Xususan, universitetda tahsil olayotgan 8 nafar talaba 14-noyabr kuni noqonuniy ravishda ishlab, ishdan qaytayotgan vaqtda avtomashinada avtohalokatga uchragan. Oqibatda ushbu hodisa Koreya matbuoti va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

    Аvtohalokat natijasida jabr ko‘rgan talabalarning tibbiy sug‘urtasi yo‘qligiga qaramay, ularning tibbiy ko‘rigi va muolajalari uchun kerak bo‘lgan barcha xarajatlar universitet hisobidan qoplangan.

    “Koreyada yashash huquqini beruvchi hujjat (ID karta) olishga ulgurmasdan bu kabi noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirgani uchun Pyongtek shahar Immigratsiya xizmati taqdimnomasiga ko‘ra universitet rahbariyati talabalarni universitetdan chetlatish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Natijada joriy yilning 27-noyabr kuni 22 nafar o‘zbekistonlik talaba Koreya Respublikasi hududidan chiqarib yuborilgan”, — deb yozmoqda elchixona.

    Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik talabalar tomonidan amalga oshirilgan bunday xatti-harakatlar Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga viza berish tartibini murakkablashtirib, o‘zbekistonlik talabalarning Koreya oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonini qiyinlashtirishi mumkin.

    “Shu o‘rinda, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi yana bir bor ushbu mamlakat hududida tahsil olayotgan, ish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarimizga murojaat qilib, Koreya Respublikasida bo‘lish qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilishga, noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanmaslikka, hujjatsiz avtomobil vositalarini boshqarishdan saqlanishga chaqiradi”, — deyiladi xabarda.

    Ayni paytda elchixona o‘zbekistonlik talabalarning Hanshin universiteti tomonidan majburan chiqarib yuborilgani qonuniyligini aniqlash borasida Koreya huquq-tartibot idoralari bilan muzokaralar olib bormoqda.

    13.12.2023, 10:07   Izoh (0)   13332
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koreyada o‘zbekistonlik erkak hayotini xavfga qo‘yib, ayolni yong‘indan qutqardi 

    19.09.2023, 21:10

    Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga ogohlantirish e’lon qilindi

    19.10.2023, 11:30

    Janubiy Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning 170 ming dollardan ortiq pullari undirib berildi

    09.11.2023, 15:25

    Toshkentda o‘tkazilayotgan maxsus-tezkor tadbirlar doirasida 38 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — poytaxt IIBB

    13.12.2023, 10:05

    O‘zbekistonda 11 oyda tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani ma’lum qilindi

    13.12.2023, 10:00

    Toshkentda avtobus boshqarayotganda telefondan foydalangan 7 nafar haydovchi ishdan olindi

    13.12.2023, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.