• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Janubiy Koreyadan 22 nafar o‘zbekistonlik talaba majburan chiqarib yuborildi. Politsiya tergov boshladi

    Janubiy Koreyadagi Hanshin universiteti 22 nafar o‘zbekistonlik talabani amaldagi vizalari bo‘lishiga qaramay, majburan O‘zbekistonga qaytarib yubordi. 

    27-noyabr kuni 23 nafar O‘zbekiston fuqarosiga Seul g‘arbidagi Incheon xalqaro aeroportiga yo‘l olgan katta avtobusga chiqish buyurilgan. Talabalarning ta’kidlashicha, universitet xodimlari avtobusda ketayotganda ularni qo‘rqitishgan, agar ular immigratsiya markaziga borsalar, qamoqqa tushishlarini va Janubiy Koreyaga qaytishda qiyinchiliklarga duch kelishlarini aytgan. Talabalarning telefonlari musodara qilingani aytilmoqda.

    Foto: Videodan kadr

    Aeroportga yetib kelgach, universitet va xavfsizlik xodimlari talabalarni O‘zbekistonga oldindan buyurtma qilingan reysga o‘tqizgan. Bir talaba sog‘lig‘i sababli o‘qishdan ozod etilgan. Universitet o‘zbekistonlik talabalarni o‘qishdan chetlashtirish sabablari qatoriga immigratsiya hujjatlarini taqdim etmaslik, yotoqxonadan ruxsatsiz chiqib ketish, yomon o‘qish va odob-axloq qoidalariga rioya qilmaslikni keltirgan.

    Hanshin universiteti bunday chora muqarrar bo‘lgani, chunki ko‘pchilik talabalar immigratsiya uchun moliyaviy talablarga javob bermaganini bildirgan. Universitet agar ular noqonuniy ravishda qolsa, bu kelajakdagi xalqaro talabalarni ro‘yxatga olishda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotir bildirgan. 

    Talabalar talab qilinadigan moliyaviy hujjatlar to‘g‘risida yolg‘on maʼlumotlarga aldanib qolganliklari va amaldagi vizalari bo‘lishiga qaramay, hatto yotoqxonadan buyumlarini olishga ham ruxsat berilmasdan chiqib ketishga majbur bo‘lganliklarini aytib, universitetning xatti-harakatlariga keskin norozilik bildirdi.

    Keyinchalik Hanshin universiteti talabalarga, agar ular “mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etganliklarini” tasdiqlovchi hujjatni imzolashsa, qolgan o‘qish to‘lovlarini ularga qaytarishlarini ma’lum qilgan.

    Hozirda tergov politsiya hamda O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi tomonidan olib borilmoqda. O‘zbekistonlik talabalarning Hanshin universiteti til maktabidan majburan chetlatilishi xorijlik talabalar uchun immigratsiya siyosati bilan bog‘liq bo‘lib, jumladan, Koreya bankida kamida 3 oy 10 million von saqlashni talab qiladi.

    Xabar qilinishicha, talabalar universitetdan noto‘g‘ri ko‘rsatmalar olgan, ularga pullarni bankda faqat “bir kun” saqlash kerakligini aytishgan. Natijada ko‘plab talabalar bankdagi pullarini muddatidan oldin qaytarib olgan.

    Keyinchalik universitet o‘qish muddati “3 oy” ekani haqida xabar olgach, talabalarning “noqonuniy” rezident bo‘lib qolish xavfining oldini olish uchun ularni shoshilinch ravishda O‘zbekistonga ketishini tashkil etgan.

    Hanshin universitetiga ko‘ra, Adliya vazirligi dastlab noto‘g‘ri ko‘rsatmalar berib, vazirlik moliyaviy muvozanatni saqlash uchun talab qilinadigan muddatni sentyabr oyida talabalar kelishidan bir necha kun oldin birdan o‘zgartirgan.

    Ba’zilarning ta’kidlashicha, universitet xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa-da, Adliya vazirligining immigratsiyani boshqarish bo‘yicha mas’uliyatni ta’lim muassasasiga o‘tkazish siyosatida asosiy muammo bor.

    Tashqi ishlar vazirligidagi manba holat yuzasidan “Daryo”ga izoh berdi.

    Ma’lum qilinishicha, talabalarning chiqarib yuborilishiga ularning Janubiy Koreyada o‘qish va yashash tartibini buzgani sabab bo‘lgan. Gap shundaki, ular o‘qish maqsadida borgan bo‘lsa-da, ishlashgan va shu sababli ko‘p marotaba dars qoldirishgan. Ularga ishlash mumkin emasligi va bu holat yana takrorlansa, qat’iy chora ko‘rilishidan ogohlantirilgan. Biroq talabalar bu ogohlantirishlarga qaramay, buni davom ettirishgan. Deportatsiyadan bir necha kun oldin 8 nafar o‘zbekistonlik talaba ishdan qaytayotganda yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Voqea Koreyada shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. 

    Tez orada O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.

    12.12.2023, 22:15   Izoh (0)   78022
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koreyada o‘zbekistonlik erkak hayotini xavfga qo‘yib, ayolni yong‘indan qutqardi 

    19.09.2023, 21:10

    Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga ogohlantirish e’lon qilindi

    19.10.2023, 11:30

    Janubiy Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning 170 ming dollardan ortiq pullari undirib berildi

    09.11.2023, 15:25

    Irlandiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun haftalik nafaqalarni kamaytiradi

    12.12.2023, 21:55

    Argentinada 5,5 magnitudali zilzila yuz berdi

    12.12.2023, 21:30

    Oq uy: AQSH yanvar oyidan boshlab Ukrainaga harbiy yordam yuborish imkoniyatidan mahrum bo'lishi mumkin

    12.12.2023, 21:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.