• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Amitabh Bachchanning sevimli qizi va Kapurlar oilasining sobiq kelini — Shveta Bachchan Nanda qanday qilib aktrisa bo‘lmasa ham Bolivudda juda mashhur?

    Shveta Bachchan Nanda — afsonaviy aktyorlar Amitabh Bachchan va Jaya Bhadurining to‘ng‘ich farzandi. Uning ukasi Abhishek va kelini Ayshvariya ham hind kinosi yulduzlari.

     
     
    Foto: Bollywoodtime

    Ammo Shveta imkoniyatlar va aloqalarga qaramay, kinoda rol o‘ynashni xohlamaydi. Buning o‘rniga ikkala bobosi — mashhur shoir Harivansh Ray Bachchan va jurnalist-yozuvchi Tarun Kumar Bhadurining merosini davom ettiradi.

     
    Foto: Bollywoodtime

    Shveta bolaligini shunday eslaydi: “Bolaligimda juda uyatchan qiz edim. Olomonni ko‘rganimda doim onamning orqasiga yashirinardim. O‘ylaymanki, odamovilik men uchun ikkinchi xarakterga aylandi. Biz o‘sib-ulg‘aygunimizcha o‘ta himoyalangan hayotda yashadik.

     
    Shveta ukasi Abhishek bilan
    Foto: Bollywoodtime

    Ota-onam Bombeyga ishlash va pul topish uchun kelishgan, 70-yillar edi. Otam ko‘p ishlagan, kunini ertalabdan kechgacha suratga olish maydonchasida o‘tkazardi.

     
    Shveta ukasi Abhishek bilan
    Foto: Bollywoodtime

    Biz katta oilada yashardik — ammalarim, amakivachchalarim va ukalarim doimo birga edi. Bobo-buvilarimiz ham biz bilan birga yashagan. Men har qanday e’tiborni yoqtirmasdim va aktrisalik men uchun emasligini darhol angladim”.

     
    Foto: Bollywoodtime

    Shveta Bachchan 1974-yil 17-martda ota-onasining to‘yidan roppa-rosa 9 oy o‘tib Bombeyda tug‘ilgan. Ikki yil o‘tgach, uning ukasi Abhishek dunyoga keladi. Shveta onasi va qizi bilan bergan kamdan kam intervyularidan birida shunday deb tan oladi: “Onam har doim atrofimdagi do‘stlarimga juda e’tiborli edi.

     
    Foto: Bollywoodtime

    Men Bharatnatyam, klassik musiqa, suzish bilan shug‘ullanishim, sitar va pianino  chalishni bilishim kerak edi. Agar onamga biror narsa yoqmasa, darhol meni kaltaklardi. Va bu juda tez-tez sodir bo‘lardi. Bir kuni onam chizg‘ich sinib ketguncha urgan”.

     
    Foto: Bollywoodtime

    Bunga Jaya Bachchan qo‘shimcha qiladi: “Abhishekni hech kim urmasdi. Negadir to‘ng‘ich farzandni kaltaklash kerakligiga ishonchim komil edi. Men ham oilada katta farzand bo‘lganman, meni ham tez-tez urishardi, lekin singillarimga hech qachon tegishmasdi. Shveta bolaligida juda odamovi va qaysar edi. To‘g‘risini aytsam, ota-onalar o‘zlaridan jahli chiqsa, vaziyatga chiday olmay farzandlarini kaltaklashini o‘sha paytda tushunmaganman”.

     
    Shveta onasi Jaya Bachchan bilan
    Foto: Bollywoodtime

    Aytishlaricha, Shveta Amitabhning, Abhishek esa Jayaning sevimlisi edi. Ammo o‘smirlik chog‘ida ikkalasi ham Londonga yuboriladi: Shveta amakisinikiga yashashga, Abhi esa maktab-internatga. O‘sha paytda oila qiyin davrni boshidan kechirayotgandi. Amitabh boshqa aktrisalar bilan suratga olish maydonchasidan tashqarida ham tobora ko‘proq ko‘rinar, Jaya esa asabiylashganidan o‘zida emasdi.

     
    Foto: Bollywoodtime

    Ammo Bachchanlar oilasi bu qiyinchiliklarni yengib o‘tishadi va endi jurnalistlar Shvetadan oilasini bir so‘z bilan qanday tasvirlashini so‘rashganda, u shunday javob beradi: “Menimcha, biz juda ahil oilamiz!”

     
    Foto: Bollywoodtime

    Biroq Shvetaning o‘z oilasi haqida bunday deb bo‘lmaydi. 22 yoshida u afsonaviy Raj Kapurning nabirasi Nikhil Nandaga turmushga chiqadi. Uning amakilari mashhur aktyorlar — Rishi Kapur, Randhir Kapur va Rajiv Kapur, amakivachchalari esa Bollivud yulduzlari Karishma Kapur, Karina Kapur va Ranbir Kapur edi.

     
    Nikhil Nanda
    Foto: Bollywoodtime

    Nikhil biznes-magnat, Rajning to‘ng‘ich qizi Ritu Nandaning o‘g‘li edi. O‘zining intervyularidan birida u Shvetani ziyofatda ko‘rib sevib qolganini va darhol “Bu o‘sha! Men butun umrimni birga o‘tkazmoqchi bo‘lgan qiz”, deb o‘ylaganini aytadi.

     
    Shveta va Nikhil
    Foto: Bollywoodtime

    U hech qachon Amitabh va uning mashhurligidan cho‘chimagan va qo‘rqmay Shvetaning qo‘lini so‘raydi. Albatta, Raj Kapurni shunchaki “bobo” deb hisoblagan yigit uchun Amitabhning nomi va shuhrati unchalik ahamiyatli emasdi.

     
    Foto: Bollywoodtime

    Shveta va Nikhil 1997-yil 16-fevralda turmush quradi.O‘sha yilning dekabrida ularning qizi Navya Navelli, uch yildan so‘ng esa o‘g‘li Agastya dunyoga keladi. Shveta turmush o‘rtog‘i bilan Dehliga ko‘chib o‘tadi va ommaviy axborot vositalaridan uzoqda oilaviy hayot kechiradi. Biroq 2018-yilda u kutilmaganda ota-onasining uyiga qaytib keladi va hozirgacha ular bilan birga yashaydi. Yaqinda otasi Amitabh unga mashhur oilaviy uy — “Pratiksha”ni sovg‘a qildi.

     
    Foto: Bollywoodtime

    Shveta ajrashish sababi haqida gapirmaydi. U odatda eri haqida gapirishni va u bilan biror joyda ko‘rinishni xohlamaydi. Ammo uning intervyusidan er-xotin uzoq vaqt birga yashamaganligini tushunish mumkin.

     
    Foto: Bollywoodtime

    U shunday deydi: “Qayerdadir o‘qigandim, har yetti-sakkiz yilda hayotimiz, dunyoqarashimiz va boshqa ko‘p narsalar butunlay o‘zgarib turadi. Bu ilon terisini tashlayotganga o‘xshaydi. Bu narsa 40 yoshdaligimda sodir bo‘ldi. Ikkala farzandim ham uydan uzoqda, maktab-internatda edi va birdan men qiladigan hech narsa yo‘qligini angladim. Men faqat devorlarga qarab aqldan ozaman deb o‘ylardim.

     
    Shveta oilasi bilan
    Foto: Bollywoodtime

    Men bolalarim o‘z hayotiga ega ekanini tushundim, erimning ham o‘z ishi bor va o‘zimga savol berdim: “Men nima qilishim kerak? Ha, men uyatchan va introvertman, lekin o‘zimning komfort zonamdan chiqib, yangi hayot boshlashim kerak edi. O‘z yo‘limni adabiyot va moda olamiga o‘zgartirishga qaror qildim”.

     
    Foto: Bollywoodtime

    Jurnalistika Shvetaning haqiqiy kasbi bo‘lib chiqdi. U Daily News va Vogue India kabi nashrlar uchun maqolalar yozadi, shuningdek, “Jannat minoralari” romanini nashrdan chiqardi. Salbiy sharhlarga qaramay, kitob bestsellerga aylanadi.

     
    Foto: Bollywoodtime

    Keyinchalik 2018-yilda Shveta taniqli dizayner Monisha Jasingh bilan hamkorlikda MxS kiyim tarmog‘ini ishga tushiradi.

     
    Shveta va Monisha Jasingh 
    Foto: Bollywoodtime

    Shu yili Shveta zargarlik brendi reklamasida megayulduz otasi Amitabh bilan birga ekrandagi debyutini qiladi. Biroq keyinchalik brend bank xodimlarini salbiy ko‘rinishda ko‘rsatgani uchun qonuniy choralar ko‘rilishi bilan tahdid qilib, reklama qaytarib olinadi.

     
    Foto: Bollywoodtime

    Shveta Bachchan hech qachon filmlarda rol o‘ynamagan bo‘lsa ham, Bollivudda juda mashhur. Hozir u 49 yoshda va o‘zining so‘zlariga ko‘ra, uning uchun hayot endi boshlanmoqda.

     
    Foto: Bollywoodtime
    12.12.2023, 12:30   Izoh (0)   53727
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kinotavsiya: Qiziqarli sujet va intrigalarga boy 6 ta koreys seriali

    11.12.2023, 10:58

    Biografik filmlardagi personajini qoyilmaqom tarzda ijro etgan aktyor va aktrisalar. Ularning ba’zilarini haqiqiy prototiplardan ajratish ham qiyin

    11.12.2023, 13:30

    Jahon kinosining marvaridiga aylangan sevimli “Qor malikasi” multfilmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 20 ta fakt

    12.12.2023, 09:18

    “Men to‘satdan falaj bo‘lib qolganman” — Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajriminining tafsilotlari haqida gapirdi

    11.12.2023, 17:35

    Farzandingizni biror narsa evaziga yoki janjalsiz telefondan ajratishning samarali 7 usuli

    11.12.2023, 09:53

    Gollivudning boshqalarga o‘xshamaydigan noodatiy ko‘rinishga ega aktrisalari (foto)

    09.12.2023, 11:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.