Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turida “Navbahor” jamoasi Hindistonning “Mumbay Siti” klubiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dehlidan Toshkentga qaytayotgan aviareysda “Navbahor” shifokori yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi.
Namanganliklar delegatsiyasi o‘rin olgan bortda Hindistonda jarrohlik amaliyotini o‘tkazib qaytayotgan yo‘lovchi o‘zini yomon his qilgan. “Navbahor” shifokori Jahongir Nuriddinov ushbu bemorga birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatdi, deya xabar bermoqda jamoa matbuot xizmati.
Avvalroq “Paxtakor” shifokori Umid Bahromov ham reysdagi yo‘lovchining hayoti saqlab qolinishiga sababchi bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh (0)