“Navbahor” futbolchisi Oston O‘runov jamoani tark etganini ma’lum qildi.
O‘runov Instagram sahifasida “The End. Hammasi uchun rahmat, ‘Navbahor’”, deya izoh qoldirdi. Futbolchi faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi borasida ma’lumot yo‘q.
Oston joriy mavsum Namangan klubi safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O‘runov faoliyati davomida “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Ufa”, “Spartak” va “Ural” sharafini himoya qilgan.
Izoh (0)