AQSH Mudofaa vazirligi 2024-yilda Avstraliya harbiylari bilan birgalikda gipertovushli qurollar sohasida tajribalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Pentagon rahbarining tadqiqot va ishlanmalar bo‘yicha o‘rinbosari Xaydi Shue so‘zlariga asoslanib, Defence News xabar berdi.
“Biz Avstraliyada yana qanday tajribalarni o‘tkazish mumkinligini aniqlash uchun avstraliyaliklar bilan yaqindan ishlayapmiz”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yilda Qo‘shma Shtatlar va Avstraliya gipertovushli qurollar sohasida hamkorlikni kuchaytirgan va qo‘shma tajribalar bu yo‘nalishdagi navbatdagi qadam bo‘ladi.
Qayd etilishicha, gipertovushli qurollar, avtonom qurol tizimlari va kvant hisoblashlari kabi rivojlanayotgan texnologiyalar AQSH-Avstraliya-Britaniya xavfsizlik hamkorligining ikkinchi bosqichi – AUKUSning asosi hisoblanadi. Avvalroq AUKUSning birinchi bosqichi doirasida ishtirokchilar Kanberraga yadroviy suv osti kemalarini yetkazib berish bo‘yicha o‘nlab yillar davom etgan loyihani taqdim etgan edi.
Nashrning eslatishicha, AQSH va Avstraliya 15 yildan buyon gipertovushli samolyotlar yaratish sohasida tadqiqot olib bormoqda. 2020-yilda mamlakatlar 5 Max (6125 km/soat) tezlikka erisha oladigan va qiruvchi-bombardimonchi samolyotlardan uchiriladigan aniq raketalarni yaratish dasturini ishga tushirgandi.
Izoh (0)