Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjat bilan jismoniy shaxslarning jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olindan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Deklaratsiyani quyidagilar orqali topshirish mumkin:
- Davlat xizmatlari markazlari;
- Elektron soliq xizmatlari portali;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
Vakolatli organ soliq deklaratsiyasi kelib tushgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni ichida soliq deklaratsiyasidagi ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshirib chiqadi, ma’lumotlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgach, soliq deklaratsiyasini qabul qiladi va ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, sabablarini ko‘rsatgan holda deklaratsiya yuboruvchini ma’lumotlarni besh ish kuni ichida to‘g‘rilangan holda qayta hisobot yuborish haqida xabardor qiladi.
Bunda vakolatli organ QR-kod qo‘yilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya blankasini tashrif buyurgan holda murojaat etilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markaziga, elektron tarzda murojaat etgan taqdirda, shaxsiy kabineti yoki YIDXP orqali deklaratsiya yuboruvchiga elektron tarzda yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi deklaratsiya blankasi kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa ichida uni deklaratsiya topshiruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqda axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning oktyabr oyida 2020-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda davlat xizmatchilari ayrim toifalarining mol-mulkini, daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga qaratilgan Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi.
Izoh (0)