Mark-Andre ter Shtegen yil oxirigacha “Barselona” safida maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi o‘rtasida darvozabon Germaniya terma jamoasi bazasida jarohat olib, Kataloniya klubiga qaytgan va shundan buyon birorta o‘rinda maydonga tushmadi.
“Barselona” murabbiylar shtabi klub tibbiy xizmati xodimlari bilan ko‘rishib, ter Shtegen borasida gaplashadi. Katta ehtimol bilan posbon operatsiya qilinadi, deya xabar bermoqda AS.
Agarda nemis darvozaboni operatsiya qilinsa, 4-6 haftaga safdan chiqadi.
“Barselona” jamoasi La Liga jadvalida 34 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Qayd etib o‘tish joiz, “Atletiko”ga qarshi bahsda ter Shtegenning o‘rniga maydonga tushirilgan Inaki Penya jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi.
Izoh (0)