Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 14-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Inter” 3-dekabr, yakshanba kuni “Napoli” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvda hisob birinchi bo‘lim oxirida ochildi. 44-daqiqada milanliklar futbolchisi Hoqon Chalhano‘g‘lu o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limda “nerazzuri” ustunligini davom ettirdi. 61-daqiqada Nikola Barella hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 85-daqiqada esa Markus Tyuram o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa “Inter” “Napoli” ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqa jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda.
A Seriya
14-tur bahsi
3-dekabr, yakshanba
“Napoli” – “Inter” 0:3
Gollar: 0:1 – 44 Chalhano‘g‘lu, 0:2 – 61 Barella, 0:3 – 85 Tyuram.
“Napoli”: Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Estigor, Natan (Zerbin, 87), Lobotka (Zelinski, 75), Zambo-Angissa, Elmaz (Lindstrem, 75), Politano (Raspadori, 68), Kvarasxeliya, Osimhen.
“Inter”: Zommer, Dumfris (Kuadrado, 77), Darmian (Bissek, 86), de Vrey (Karlos Augusto, 18), Acherbi, Dimarko, Mxitaryan (Frattezi, 77), Chalhano‘g‘lu, Barella, Tyuram (Arnautovich, 86), Martines.
Ogohlantirishlar: Elmaz (58), Rrahmani (73), Darmian (78), Tyuram (85).
Izoh (0)