Angliya Premyer Ligasi noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.
Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun quyidagi o‘yinchilar kurash olib boradi:
- Jeremi Doku (“Manchester Siti”) — 3 ta o‘yinda bitta gol va 4 ta assist;
- Entoni Gordon (“Nyukasl”) — 3 ta o‘yinda 2 ta gol va bitta assist;
- Tomas Kaminski (“Lyuton”) — 3 ta o‘yinda 15 ta seyv;
- Harri Maguayr (“Manchester Yunayted”) — 3 ta o‘yinda umuman gol o‘tkazib yubormagan;
- Rahim Sterling (“Chelsi”) — 3 ta o‘yinda 2 ta gol va bitta assist;
- Markus Tavernye (“Bornmut”) — 3 ta o‘yinda 2 ta gol.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida “Tottenhem” a’zosi Jeyms Meddison, sentyabrda yana bir “Tottenhem” futbolchisi Son Hyon Min, oktyabr oyida esa “Liverpul” vingeri Muhammad Saloh APLda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.