Angliyaning “Tottenhem” klubi forvardi Son Hyon Min APLda sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Son sentabrda 4 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta golga mualliflik qildi.
Ushbu sovrin 31 yoshli futbolchining faoliyatidagi 4-si hisoblanadi. Bunga qadar Premyer Ligada Dennis Bergkamp, Brunu Fernandesh, Tyerri Anri, Frenk Lempard, Muhammad Saloh, Pol Skoulz, Alan Shirer kabi futbolchilar 4 martadan oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan.
Sondan tashqari ushbu sovrin uchun Xulian Alvares, Jerrod Bouen, Pedru Netu, Muhammad Saloh, Kiran Trippyer hamda Olli Uotkins kabi futbolchilar da’vogarlik qilgandi.
Izoh (0)