• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Rossiyada idish yuvuvchi, masjidda farrosh, yotoqxonada qorovul, “Qalpoq” da Sohiba — aktrisa Fotima Nazarova 52 yoshda (foto, video)

    “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvidagi Sohiba obrazi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktrisa Fotima Nazarova 26-noyabr kuni 52 yoshni qarshi oldi. Asosan komik obrazlarda ko‘rinish beradigan aktrisaning hayoti, boshdan kechirgan mashaqqatlari dramatik film uchun ssenariy bo‘la oladi, deyish mumkin. 

    Foto: YouTube’dan kadr
     

    “Ona, nega meni xunuk tuqqansiz, derdim”

    — Pardoz qilib, o‘zimga qarashni unchalik ham yoqtirmayman. Lekin syomkalar, to‘y hashamlarga o‘zimga qarab borishim kerak. Aslida o‘zim bo‘yanishni umuman yoqtirmayman. Endi Alloh bergan husnga qoniqmasangiz, buni Allohga bo‘lgan isyon deb bilaman.
    Kichkinaligimda onamdan “Nega meni xunuk qilib tuqqansiz?”, deb xafa bo‘lardim. Yillar o‘tib ulg‘ayib, bu Allohdan berilgan husn ekanligini bilib, aytgan gaplarimdan ming afsus qilaman, lekin foydasi yo‘q.

    Foto: YouTube’dan kadr
     


    “Kichkinaligimda juda noshukur qizcha bo‘lganman”


    — Biz egizak bo‘lib tug‘ilganmiz. Lekin Zuhra bilan umuman bir-birimizga o‘xshamaymiz. Men otamga, Zuhra onamga o‘xshaydi. Kichkinaligimizda bizni kimdir xafa qilsa, ikki kishi bo‘lib yopishardik. Dardlarimizni bir-birimizga aytmaymiz, o‘zimiz hal qilamiz. Ayniqsa Zuhra hamma narsani ichiga yutadi. O‘zimning ismim bilan tug‘ilganman. Hozir o‘ylasam, juda noshukur qizcha bo‘lgan ekanman. Nega Fotimaman, deb norozi bo‘lardim. Chunki hech kim ismimni to‘g‘ri talaffuz qilmasdi. “Potma, Poti” deyishardi. Hozir esa ismim o‘zimga juda yoqadi, dunyodagi eng chiroyli ism desam ham bo‘ladi. Umuman olganda, hayotimdagi yaxshi-yomon kunlarga hammasi uchun Allohga shukur qilaman.



    “Xayrli va savobli kasb tanlagan bo‘lardim”


    — Zuhra ikkalamiz rosa qo‘shiq aytardik. Bog‘chada ham, maktabda ham bizni bayramlarda birinchi o‘ringa qo‘yib qo‘yishardi. Shunday qilib taqdirimizni san’atga bag‘ishladik. Mana Zuhra ikkalamiz ham san’atkor bo‘ldik. Uyimizda hech kim san’atkor emasdi, biz birinchi bo‘lib chiqdik. 30 yoshgacha san’atni sevdim. O‘sha bilan yashadim. Hozir ham yomonmas. Hayot ortga qaytganida bundan ham xayrli va savobli kasb tanlagan bo‘lardim.

    Foto: YouTube’dan kadr
     

    “18 yoshli Fotimaga nima degan bo‘lardim?”

    —18 yoshligimdagi o‘zimga ya’ni Fotimaga nasihat bersam iloji bo‘lsa to‘g‘ri yo‘lda yurish, adashmaslik, yomon yo‘llarga kirmaslik, halol rizq topish, halol yo‘ldan yurishni maslahat berardim. Hozirgi Fotima uncha-muncha adashdi, beayb Parvardigor, gunoh qilar ekanmiz. Endi-endi ko‘zim ochildi. Shu paytgacha o‘nqir-cho‘nqirlardan o‘tib, egri yo‘llarga ham kirib ko‘rdik, xato qilar ekanmiz. Ota-onamiz uzoqda, yoshlik-beboshlik. Shuning uchun o‘qishga kelgan yigit va qizlarga faqat halol yo‘ldan yuringlar, deyman.

    Foto: YouTube’dan kadr
     

    Fotima Nazarova qanday ona?

    — Men o‘zimni zo‘r onaman, deyolmayman. Qizim menga ko‘p baqirasiz, deydi. Baqirsam shularni yaxshi bo‘lsin, deyman. Kasb tanlashda, turmushda adashmasin deyman. O‘qinglar deyman, hozir bularning o‘qiydigan vaqti. O‘zim kitobdan bosh ko‘tarmasdim. Kitob qahramonining hayoti bilan yashardim. Shuning uchun aktrisa bo‘lib ketgandirman. Ba’zan onam “Buncha ko‘p kitob o‘qiysan, o‘qib olim bo‘larmiding,“ deb baqirardi. Shuning uchun bolalarimga, Men kitob o‘qisam onam urishardi, sizlarga esa sharoit yaratib berib qo‘yibman-ku, kitob o‘qinglar, deyman.

    Foto: YouTube’dan kadr
     

    “Muqimiy teatri negadir meni yoqtirmaydi”

    — Birinchi o‘qishni bitirib borgan teatrim Muqimiy teatri bo‘ldi. U paytda o‘qishni bitirib kelgan talabalarni xor jamoasiga ishga olishardi. Mening ovozimni tekshirib ko‘rishdi, lekin nimadir bo‘lib, olishmadi. Bilmadim, “Muqimiy”ga nimagadir yoqmadim. Hozirgacha yoqmayman. Mayli, hech kimga xusumatim yo‘q, omon bo‘lishsin, hech kimdan xafa emasman, omadlarini bersin. Hozir ham ozmi-ko‘pmi, xalq xizmatida san’atimizni ko‘rsatib yuribmiz. Bu balki menga Allohning marhamatidir.

    Foto: YouTube’dan kadr
     

    Rossiyaga ishga ketgani haqida

    — Farzandlarim tug‘ilib, uch-to‘rt yosh bo‘lganidan so‘ng, “san’atim o‘xshamadi, bolalar uchun Toshkentdan nima qilib bo‘lsa ham uy olishim kerak”, deb Rossiyaga ketdim. Ishonasizmi, Rossiyaga borib 10 kun turdim. Uch kun idish-tovoq yuvuvchi bo‘lib ishladim. Oyoq qo‘lim shishib ketdi. Birinchidan, menga emas ekan bu ish, san’at sohasida yengil-yelpi yurib ishlardan chiqib qolgan ekanman. Keyin bolalarimsiz menga hayot yo‘q ekan. Hattoki bolalarimni qizg‘onib, bog‘chaga bermaganman. Bog‘cha opalar bilib, yo bilmay chertib qo‘ymasin, deganman. 36 yoshimda qizimni, 38 yoshimda o‘g‘limni dunyoga keltirdim. Xullas, shunday qilib, Rossiyada ishlay olmay, 10 kun ichida O‘zbekistonga qaytganman.



    Qorovullik va farroshlik qilgani haqida 

    — O‘zimiz yashayotgan ijara yotoqxonada qorovul bo‘lib ishlaganman. Teatrlarga ishga olishmaganidan so‘ng, majburlikdan qorovul bo‘lib ishga kirdim. Tundan tonggacha qorovullik qilib chiqardim. Qiyin bo‘larkan. Bu yerda san’atkorlar yashagani uchun ular to tonggacha to‘y xizmatidan, safarlardan, syomkalardan kelishadi. Ular uchun eshikni ochasiz. Undan tashqari begonalar, ko‘chada ichib, mast bo‘lib qolib ketgan alkashlar keladi. Qo‘rqib-qo‘rqib, bir choralarni ko‘rib, olti oy ishladim, kechasi uxlamaslik kerak edi. Oyligim 400 ming so‘m bo‘lgan.

    Foto: YouTube’dan kadr
     

    Qorovulchilikdan tashqari At-Termiziy masjidida farrosh bo‘lib bir yilcha ishladim. Ba’zida o‘zlari, chin ko‘ngildan pul berishardi. Aslida Alloh uchun, Allohning uyida xizmat qilishni niyat qilganim uchun ishlagandim. Hozir ham masjid hovlisini supurgani borishni juda xohlayapman, ammo bora olmayapman.

    Masjidda tozalik ishlari erta sahardan boshlanadi. O‘g‘lim ham birga yordamga borardi. Shunday kunlarning birida o‘g‘limga “men hovlini supuraman, sen suv sep”, dedim. O‘g‘lim yoshlik qildimi, bilmadim, xullas, bir Matiz’ning g‘ildiragiga ozroq suv sachrab ketdi. Unaqa darajada mashinasi suv bo‘lib ketmadi, aslida. Matiz’ning egasi, o‘zimdan yosh bola kelib, meni shunaqa bo‘ralatib so‘kib ketdi. “Uka hech nima qilmadi-ku, changimasin, mashinangizga chang tegmasin, deb, suv sepgan joyimiz edi, yosh bola-ku, uka”, desak ham so‘kinishdan, haqorat qilishdan to‘xtamadi. Uzoqdan bir bola kuzatib turgandi, “hozir u ham kelib meni farosatsizlikda ayblamasin”, deb turganimda, u bola kelib Matiz’li bolaga shunaqa “ta’lim” berib qo‘ydi. Allohning mehribonligidan aylanay, Allohga shukrlar bo‘lsin, ilohim.

    Yashayversangiz har xil xarakterli, har xil kayfiyatdagi odamlarni ko‘raverar ekansiz.

    Foto: YouTube’dan kadr
     

    “Odamlar uyimgacha kiyim ko‘tarib kelishdi”

    — Bir intervyuda yig‘lab gapirganman. Keyin bir savolga javob bera turib, to‘yga kiyadigan oqshom liboslarim yo‘qligini aytib o‘tib ketganman. Tiktokerlar ko‘ylagim yo‘q degan gapimni va yig‘laganimni birlashtirib, tarqatishibdi. Shu qisqa videoni ko‘rgan odamlar uyimga ko‘ylaklar olib kelib berishdi, ayrimlar pul ham berishdi. Lekin u suhbatda men ko‘ylagim yo‘qligi uchun yig‘lamaganman. Uyimga yordam beraman, deb kelgan muxlislarimni ko‘rib o‘zbekligimdan faxrlanib ketdim. Hammalariga rahmat.

    27.11.2023, 15:45   Izoh (0)   64581
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Eng katta orzum — uyli bo‘lish”. “Qalpoq”dagi Sohiba — Fotima Nazarova quvnoq obrazi ortidagi dardlari hamda moliyaviy qiyinchiliklari haqida

    16.05.2022, 13:44

    Ellikdan oshganda talaba bo‘lgan va 10 yildan beri AQShda yashaydigan aktrisa Yulduz Hamidova 59 yoshda (foto, video) 

    13.11.2023, 14:05

    Zulxumor Mo‘minova 63 yoshda: Moskva metrosida farroshlik qilgan, san’atkor bilan turmushi uzoqqa bormagan aktrisaning hayot va ijod yo‘li (foto, video)

    14.11.2023, 11:52

    O‘zbekistonlik xonandalar orasida eng ko‘p “zapret”ga tushgan, biznesi “hujjatli mafiya” tomonidan sindirilgan “Muhabbat kuychisi” — Anvar Sanayev 55 yoshda (foto,...

    16.11.2023, 16:06

    “Men Tatyanasiz hech qachon prezident bo‘lolmasdim, derdi”. Maryam Tillayeva bobosi, o‘zbekistonlik yigiti hamda daromadlari haqida

    27.11.2023, 11:20

    Instagram: Alisher Uzoqov onasiga uy sovg‘a qildi, “Mitti vayn”chi Ulug‘bek yangi mashinali bo‘ldi, Ozod Shukrulloyevning yangi partnyori turmushga chiqmoqda

    25.11.2023, 22:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.