• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Og‘riqlarini kulgi ortiga yashirgan yuksak qalb egasi. Aktyor va rejissor Shuhrat Nuraliyevni xotirlaymiz (video)

    O‘zbek kino ixlosmandlari komik aktyor Shuhrat Nuraliyevni yaxshi eslashadi. U faoliyati davomida “Muhabbat sinovlari”, “Osmondagi bolalar”, “Sevginator-2” kabi filmlarda o‘ziga xos rollarni ijro etgan. Afsuski, aktyor hayotni juda erta, 37 yoshida tark etgan. 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Daryo” Shuhrat Nuraliyevning oila a’zolari va uni yaqindan bilgan hamkasblari bilan suhbat tashkillashtirdi.

    — Oilada uch o‘g‘il farzand bo‘lganmiz, akam rahmatli to‘ng‘ichimiz edi. Bolalikdan otasizlik sabab ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirganmiz. Uyda onam bilan buvim somsa tayyorlashar, akam esa ularni vokzal yaqinidagi bozorchada sotib kelardi. Akamda san’atga bo‘lgan qiziqish bozorda paydo bo‘lgan desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki hazil-huzul qilib odamlarning e’tiborini tortishga harakat qilardi. Akam bolalikdan san’atga qiziqqan, ammo onam rahmatli bu kasbni tanlashiga qarshilik qilgan. Sarviniso buvim esa bu borada akamni qo‘llab-quvvatlab, san’at institutiga ham yetaklab borgan. Hatto, institutga hujjat topshiriladigan kun ham onam akamga “Sendan san’atkor chiqmaydi”, deb kuzatgan edi, — deydi marhumning ukasi Davron Nuraliyev.

    Shuhrat Nuraliyev bolalikdan tug‘ma yurak xastaligi bilan og‘rigan.

    — Akam bolalikdan tug‘ma yurak porogi kasalligi bilan og‘rirdi. Onam bu haqda ko‘p aytardi, ammo akam “Yaxshiman, havotir olmang”, deb e’tibor bermasdi. Keyinchalik qon bosimi ham tez-tez oshadigan bo‘lib qoldi. Bir kuni “Uch kunlik” dunyo spektaklini televideniye uchun syomka qiladigan bo‘lishdi. Akam bosh rolni ijro etardi. Ammo qon bosimi ko‘tarilib ketgani uchun “Tez yordam” mashinasida kelgan shifokorlar uni sahnaga chiqarishni istashmadi. Akam esa muxlislarni ranjitmaslik uchun muolajani olib sahnaga chiqib ketavergan. Tobi bo‘lmasa ham sahnada sezdirmaslikka harakat qilgan. Speaktakl yakunidan keyin akamni tibbiy tekshiruvga olib ketishgan va mikroinfarktni boshdan kechirganini aytishgan. Undan keyin akamning qand kasalligi ham bor edi. Bu xastalik bilan oilaviy og‘riymiz, — deydi Davron Nuraliyev.

    Davron Nuraliyev akasi bilan yo‘l-transport hodisasiga uchragani va ayb ularda bo‘lmasa-da, akasi ularga kelib urilgan mashina haydovchisini rozi qilgani haqida so‘zlab berdi.

    — Akam menga yangi “Matiz” mashinasini olib bergan paytda svetoforning qizil chirog‘idan “Jiguli” avtomobili kelib urilgan. Akam o‘tirgan tomonni urgani uchun qo‘rqib ketganman. Akam o‘ziga biroz kelganidan keyin mashinadan tushgan. U paytda men haydovchi bilan urishayotgan edim. Akam meni tinchlantirib, “Jiguli” egasiga 200 dollar bergan va mashinasini sozlab olishini aytgan. Jig‘ibiyronim chiqib buning sababini so‘raganimda “Ko‘rib turibsan-ku, qiynalgan yigit ekan. Biz ham shunday qiyin kunlarni boshdan kechirganmiz-ku”, degandi. Akamning janozasiga o‘sha yigit ham kelibdi, o‘zini tanishtirganida ko‘rib xursand bo‘ldim. Chunki moliyaviy ahvoli ancha yaxshilanib, o‘zini o‘nglab olibdi. Akam saxiy inson edi, qiyin kunlarimizni ko‘p eslardi. Birov pul so‘rab kelsa oxirgi pulini ham berib yuborardi. “Bersam Alloh menga beradi”, deb ko‘p aytardi, — deydi marhum aktyorning ukasi Davron Nuraliyev.

    Suhbatni quyidagi havola orqali to‘liq holda tomosha qilishingiz mumkin.

     

    Eslatib o‘tamiz, Shuhrat Nuraliyev 1980-yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U sobiq Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutini tamomlagan. Kino aktyorligidan tashqari, O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ham faoliyat yuritgan. Vafotidan avval esa O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning jamoasida rahbar va rejissor vazifasida ishlagan. Shuhrat Nuraliyev Nilufar Usmonovaning “Asraydi”, “Kel ikkimiz” kabi xit qo‘shiqlari muallifi hisoblanadi. Shuningdek, u Yulduz Usmonovaning bir necha qo‘shiqlariga kliplar suratga olgan. 

    11.05.2023, 11:30   Izoh (0)   18402
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud aktyori Jeyson Momoa “Taxtlar o‘yini” serialidan keyin pulsiz qolib ketgani haqida so‘zlab berdi

    10.05.2023, 21:26

    “Hech qachon plastik jarrohga murojaat qilmaganman”. Dunyodagi eng badavlat model Kayli Jenner go‘zallik sirlari haqida 

    10.05.2023, 20:50

    79 yoshli Gollivud aktyori Robert De Niro yettinchi marta ota bo‘ldi

    10.05.2023, 12:32

    “Dunyo go‘zali” Ayshvariya Rayning qizi qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    10.05.2023, 10:30

    Instagram:  Tug‘ilgan kunida qimmatbaho sovg‘a olgan Dilso‘z, Huvaydo Jumayeva mashina xarid qildi, “Osmondagi bolalar-3”da nega Hamdam yo‘q?

    09.05.2023, 22:00

    2 mlrd dollarga baholangan 173 metrli uy: Osiyoning eng boy odami qanday uyda yashaydi? (video)

    09.05.2023, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Misrga 35 milliard dollarlik tabiiy gaz sotadi

    Dunyo | 7 avgust, 16:22

    O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 16:18

    “Liverpul” “PSJ” futbolchisi uchun 100 mln yevro to‘lashga tayyor

    Sport | 7 avgust, 16:07

    Fransiya memorial yodgorlik yonida sigaret tutatgan erkakning fuqaroligini bekor qildi

    Dunyo | 7 avgust, 16:05

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    Layfstayl | 7 avgust, 15:57

    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

    Reklama | 7 avgust, 15:00

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 7 avgust, 15:45

    O‘zbekistonda yil boshidan buyon 1,8 ming haydovchi 100 mln so‘mdan ortiq daromad oldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 15:13

    Xitoy chivinlar tarqatayotgan virusga qarshi dronlarni ishga soldi

    Dunyo | 7 avgust, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.