Isroil Germaniya bilan Arrow 3 havo mudofaa tizimini sotish bo'yicha taxminan 3,6 milliard dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda Isroil Mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.
“Mudofaa vazirligi bosh direktori, general-mayor Eyal Zamir bugun Germaniyaga 13 milliard shekeldan (taxminan 3,6 milliard dollar) ortiq qiymatdagi Arrow 3 majmuasini sotish bo‘yicha shartnoma imzoladi”, — deyiladi xabarda.
Germaniya va Isroil 2023-yil aprelida Arrow 3 havo mudofaa tizimini sotish imkoniyatini muhokama qilishni boshlagandi.
Noyabr oyi boshida Germaniya hukumati Ukrainaga harbiy yordam uchun davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan 4 milliard yevroga qo‘shimcha ravishda yana 4 milliard yevro ajratishga qaror qilgani xabar berilgandi.
Izoh (0)