Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius mamlakat Kiyevga 1,3 milliard yevro miqdorida yordam berishini ma’lum qildi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.
Pistorius ukrainalik hamkasbi Rustem Umerov bilan uchrashuvda yangi paketga, xususan, yana to‘rtta IRIS-T SLM havo mudofaa tizimi hamda artilleriya snaryadlari kirishini ma’lum qildi.
Avvalroq Germaniya hukumati Ukrainaga harbiy yordam uchun davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan 4 milliard yevroga qo‘shimcha ravishda yana 4 milliard yevro ajratishga qaror qilgani xabar berilgandi.
Izoh (0)