Fransiya poytaxti Parijda 24-25-aprel kunlari Turkmaniston energetika sohasiga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari — “Turkmangaz”, “Turkmanneft” konserni va “Turkmengeologiya” davlat korporatsiyasi ma’lum qildi.
Tadbirdan maqsad Turkmaniston energetika sanoatining barcha sohalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirishdir. Forum davomida neft va gazni qazib olish, tashish va qayta ishlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Kaspiy dengizi milliy sektorining neft va gaz resurslarini o‘zlashtirish uchun xorijiy investorlar taklif qilinmoqda. Kun tartibidan energetika yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, gaz-kimyo sanoatini rivojlantirish, yirik Galkinish gaz konini o‘zlashtirish va mahalliy iqtisodiyotni yashil energiyaga o‘tkazish masalalari ham bor.
Aziz Boyarov
Izoh (0)